AsosiySiyosat

EXHT raisi O`zbekistonga keldi

'EXHT raisi O`zbekistonga keldi'ning rasmi

Kecha, 13 aprel kuni Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) amaldagi raisi, Shvesiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Tashrif dasturida O`zbekiston Oliy Majlisi Senati va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o`tkazish ko`zda tutilgan. Uchrashuvlarda EXHT doirasidagi o`zaro hamkorlikning dolzarb masalalari hamda O`zbekiston-Shvesiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilinishi kutilmoqda.

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari - davlatimiz rahbarining Matbuot kotibi Sherzod Asadov yaqinda ma`lum qilishicha, Ann Kristin Linde O`zbekiston Prezidenti tomonidan ham qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar