“Yoshlar” telekanali orqali haftaning har yakshanba kuni o`tkaziladigan “Omad lotto” lotereyasining jekpoti yutib olindi.
O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan tashkillashtiriladigan lotereyaning yutuqli chiptasi Andijondan ro`yxatdan o`tganligi ma`lum bo`ldi.
Lotereyaning 281-tirajida 5 ta raqamni topgan fuqaro 286 446 440 so`m sohibiga aylandi.
6 mart kuni lotereyaning 282-tirajida 74 720 240 so`m jekpot o`ynaladi.
Fursatdan foydalanib, "Darakchi" tahririyati ham g`olibni tabriklaydi.





