1

O`zbekistonda 101 yoshli otaxon koronavirusdan sog`aydi

Jamiyat 30.04.2021, 15:26
Teglar: koronavirus
O`zbekistonda 101 yoshli otaxon koronavirusdan sog`aydi

Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 yoshli otaxon koronavirusdan sog`aydi. Bu haqda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, shu yilning 20 aprel kuni Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1920 yilda tug`ilgan oqqo`rg`onlik urush va mehnat faxriysi, fuqaro F.N. og`ir ahvolda olib kelingan. Yaqinlari bilan o`tkazilgan suhbatdan shu narsa ayon bo`ldiki, bemorda so`ngi 4 kun davomida kasallik belgilari – yo`tal, tana, ayniqsa oyoq-qo`llarning qaqshab og`rishi, tana haroratini febril darajagacha oshishi, charchoq, holsizlik, nafas olishning qiyinlashuvi, hansirash, yurak urishining tezlashishi, ishtahasizlik belgilari kuzatilib, so`ngi ikki kunda bu belgilar yanada kuchayib borgan. Bemorda o`tkazilgan PZR testi natijalari musbat chiqqan, rentgen tekshiruvlarida o`pkaning surunkali obstruktiv bronxoektatik kasalligi, pnevmoskleroz hamda o`ng tomonlama zotiljam aniqlangan.

Uyda bemorning ahvoli og`irlashib borgani sababli Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan. Qabul bo`limida bemor MSKT tekshiruvidan o`tkazilganda, o`pka to`qimasining zararlanishi bilan “ikki tomonlama virus etiologiyali interstisial zotiljam” tashxisi qo`yilib, bemordan COVID-19 infeksiyasiga ekspress-test olingan. Test natijasi unda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish borligini tasdiqlagan. Shundan so`ng bemorga zudlik bilan davo choralarini ko`rish maqsadida bo`limga yotqizilgan.

Bo`limda bemorning yoshi ulug`ligi inobatga olinib, tezda birinchi yordam ko`rsatilgan hamda belgilangan xalqaro standartlar bo`yicha tekshiruv va davo muolajalari boshlab yuborilgan. Bemorning ahvoli og`ir bo`lishiga qaramay, bilimli, yuqori malakali hamda o`z kasbining fidoyilari bo`lgan shifokorlarimizning sa`y-harakatlari,  o`z vaqtida va to`g`ri o`tkazilgan tekshiruv va davo muolajalari asta-sekin o`z natijasini ko`rsatib, otaxonning ahvoli kundan kunga yaxshilanib bordi. Davo muolajalarini mustahkamlash maqsadida bir qator tor soha mutaxassislari – infeksionist, pulmonolog, kardiolog, nevrologlar ham jalb qilingan.

“1940 yil o`z askarlik burchimni ado etish uchun harbiy xizmatga chaqirilib, 1945 yil Ikkinchi jahon urushidan g`alaba bilan qaytgandim. Urushdan so`ng ko`p qiyinchiliklarni boshimdan o`tkazdim. Shukrki, Yaratgan mana shunday go`zal kunlarga etkazdi. Ilohim, bugungi farovon hayotimizga, yurtimizdagi tinchlikka hech qachon ko`z tegmasin. Meni mehr va e`tibor bilan davolab, oyoqqa turgizgan shifokor va hamshiralardan mingdan-ming minnatdorman. Baraka topishsin!” deydi otaxon.

Sharhlar

Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST 

23.01.2023, 11:20

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV...
⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Shifokorlar yangi to`lqindagi koronavirusning avvalgilari bilan farqlari haqida ma`lum qildi

06.09.2022, 09:07

Yangi to`lqindagi koronavirus belgilari SARSga o`xshaydi va pnevmoniya va bronxit kamroq tarqalgan, deydi shifokorlar. Bu haqda "stopkoronavirus.rf" saytida xabar qilindi. Yangi to`lqinda COVID-19 ning oldini olish...
19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 kishida koronavirus aniqlandi — SSV

20.07.2022, 10:34

Kecha, 19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Shu bilan, 2022 yil 19 iyul holatiga ko`ra,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1