Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o`tgan 2020 yil yakuni bo`yicha moliyaviy hisobotlar tahlili natijasiga ko`ra, hisobot topshirgan 1903 ta davlat korxonasining eng yuqori sof foyda olgan 20 ta va eng ko`p zarar ko`rgan 10 ta korxona ro`yxatini e`lon qildi. Unga ko`ra, "O`ztransgaz" AJ eng ko`p zarar ko`rib ishlagan korxona deb topildi.
Eng ko`p zarar ko`rgan tashkilotlarning o`ntaligi esa quyidagi tartibda o`rin olgan:
1. “O`ztransgaz” AJ — 3574,9 mlrd so`m;
2. Uzbekistan Airways AJ — 755,7 mlrd so`m;
3. “Toshissiqsuvqquvati” DUK — 605,2 mlrd so`m;
4. “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ — 380 mlrd;
5. “Yangi Angren IES” AJ — 245,6 mlrd so`m;
6. “O`zbekko`mir” AJ — 183,8 mlrd so`m;
7. “Angren IES” AJ — 177,7 mlrd so`m;
8. “Grand Road Tashkent” MChJ — 89,8 mlrd so`m;
9. “Paxtakor futbol klubi” MChJ — 82,7 mlrd so`m;
10. “Angren issiqlik energiyasi” DUK — 54,6 mlrd so`m.






