Engil avtomobil eksporti qariyb 51 mln. AQSh dollariga oshgan.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1-choragi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 mln. AQSh dollariga teng engil avtomobillar eksport qilingan.
Engil avtomobil eksporti o`tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln. AQSh dollariga oshgan. O`zbekiston engil avtomobillari asosan Qozog`istonga (8 468 dona) eksport qilingan.
O`zbekiston engil avtomobil eksport qilgan davlatlar:
- Qozog`iston – 82,6 mln.
- Ukraina – 1,5 mln.
- Afg`oniston – 1,3 mln.
- Qirg`iz R. – 963,3 ming
- Ozarbayjon – 444,7 ming
- Rossiya – 313,0 ming
- Tojikiston – 134,4 ming AQSh dollari
2021 yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar:
“Cobalt” - 12 682 dona
“Damas” - 12 051 dona
“Lacetti-Gentra” - 8 399 dona
“Nexia T-250” - 6 958 dona
“Labo“ - 2 564 dona
“Spark” - 1 800 dona






