Jahon banki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini takomillashtirish maqsadida konsalting kompaniyalar uchun tender e`lon qildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentigining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Jahon banki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorlikda "O`zbekistondagi institutsional salohiyatni oshirish loyihasi" doirasida halqaro baholash standartlari asosida Yagona milliy baholash standartini qayta ko`rib chiqish, o`zgartirish va qo`shimchalar kiritishda takliflar ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyasini jalb qiladi.






