UZREPORT TV telekanali sudga murojaat qilishining sababi,"Unitel” MChJ (“Beeline” savdo belgisi) kompaniyasi o`ziga tegishli bo`lgan “Beeline TV” mobil ilovasida Uzreport TV bilan shartnoma tuzmasdan Uzreport TV va Futbol TV telekanallarini namoyish qilib, moddiy manfaat ko`rib kelayotgani aytilmoqda.
Keltirilishicha, mazkur harakatlari bilan“Unitel” MChJ Uzreport TV telekanalining qonuniy huquqlarini buzmoqda. Uzreport TV tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, “Unitel” MChJ kompaniyasi yuqorida ko`rsatilgan xatti-harakatlarini bartaraf etish yuzasidan chora ko`rmagan.
Suddan Uzreport TV “Unitel” MChJ kompaniyasi “Beeline TV” mobil ilovasida Uzreport TV va Futbol TV telekanallarini shartnoma tuzmasdan namoyish etmaslikni so`ragan.
Ma`lumot uchun:
Uzreport TV (Futbol TV) futbol bo`yicha Evropaning bir qator milliy chempionatlari (APL, La Liga, Italiya A seriyasi), Evropa chempionlar ligasi, Evropa ligasi, shuningdek, Jahon va Evropa chempionati kabi bir qator musobaqlarning O`zbekiston bo`ylab eksklyuziv translyasiya huquqi egasi hisoblanadi.