AsosiyJAMIYAT

Farg`onada 48 nafar bolaning sunnat to`yi o`tkazib berildi

Rishton tumanida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumanda is...

'Farg`onada 48 nafar bolaning sunnat to`yi o`tkazib berildi'ning rasmi

Rishton tumanida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumanda istiqomat qiluvchi “Temir dafar”ga kiritilgan fuqarolarning 48 nafar bolalariga sunnat to`yi o`tkazib berildi.Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu xayrli tadbir viloyat va tuman hokimliklari, tumandagi sektorlar, “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali hamda tuman maktabgacha ta`lim bo`limi hamkorligida tashkil etilgan.

Tantanali tadbirda so`zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ta`lim sohasining, yoshlarga va bolalarga e`tiborning Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda asosiy o`rin tutayotganini qayd etib, bugun to`ylari o`tkazilayotgan bolalar orasidan kelgusida etuk fidoyi insonlar etishib chiqishiga ishonch bildirgan.

Viloyat rahbari, bugungi davlat siyosatida aholining hayotdan rozi bo`lib yashashini ta`minlash, jamiyatda o`zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag`rikenglik hamda xayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlashga katta e`tibor qaratilayotganini ta`kidlagan.

Tadbirda tuman hokimi Sufxonjon Soliev, tuman sektorlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishgan.To`y bolalarning har biriga bosh-oyoq sarpo va velosiped sovg`a qilingan.

Shuningdek, "Vaqf" hayriya jamoat fondining viloyat filiali tomonidan tumandagi mahallalarda istiqomat qiluvchi 100 nafar chin etim va nogironligi bo`lgan bolalarga ham qimmatbaho sovg`alar tarqatilgan..

Boshqa yangiliklar