AsosiyJamiyat

Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

'Namanganda rossiyalik olim  “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning  distal bilak tomiridan kirib jarrohlik amaliyotini olib borish usuli yaratilgan. 

Namangan viloyatiga tashrif buyurgan kashfiyotchi shifokor-olim  rentgen-endovaskulyar   jarrohlik amaliyotini “Mahorat darsi” sifatida olib borib, o`n nafardan ziyod bemorni og`ir darddan xalos etdi. Jumladan, Namangan tumanida yashovchi, “Temir daftar”dagi ro`yxatga kiritilgan Ozoda Tursunovaga imtiyozli ravishda tibbiy xizmat ko`rsatildi.

Rossiyalik mutaxassis RIKIATMning viloyat filiali shifokorlari ishtirokida o`tkazilgan ko`rgazmali anjumanda kardiologik kasalliklarni davolashning zamonaviy usullari haqida ma`ruza qildi. Savol-javoblar chog`ida esa tibbiyotning mazkur yo`nalishiga oid dolzarb muammolarni birgalikda xal etish yuzasidan fikrlashib olindi.

 – Filialimiz ilmiy salohiyati juda yuqori, ya`ni tibbiyot fanlari nomzodlari va fan doktorlari xizmat qilishadi. Ko`plab mutaxassislarimiz chet elda malaka oshirishgan. Shu bois ham ilmiy izlanishlarga, jahon tibbiyoti yutuqlarni dadillik bilan qo`llashga alohida urg`u beryapmiz. Rus ixtirochi-shifokori  Aleksandr Kaledinning tashrifi faoliyatimizning yangi qirralarin ochishga imkon yaratdi, - deydi filial direktori,  tibbiyot fanlari nomzodi Solijon Mo`minov.

Darhaqiqat, viloyat kardiologlarining chet ellardagi hamkasblari bilan hamkorligi doirasi tobora kengayib bormoqda. Rossiya Fanlar Akademiyasi A.N. Bakulev nomli Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, E. N. Meshalkin nomli Kardiologiya va kardiojarrohlik markazi, Qozog`iston Milliy kardiologiya markazi va boshqa davlatlardagi etakchi ilmiy markazlar bilan aloqalar samarasi o`laroq kardiologiya va kardioxirurgiya, intervension kardiologiya sohasini takomillashtirishda yutuqlarga erishilmoqda.  

Binobarin, yurak tug`ma nuqsonlarini okklyuder yordamida bartaraf etish, murakkab qon-tomir shkastlanishlarida retrograd usullarida angioplastika va stentlash,  pereferik qon tomirlari diagnostikasi va angioplastikasi, biklapanli protezlash, klapanlar plastikasi, aorta ravog`ida protezlash, MSKT arteriografiya va koronarografiya kabi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari tatbiq etilgan. Endi bunday yuqori texnologik amaliyotlar soni yana bittaga ko`paydi. Umid qilamizki, bu oxrgisi emas, albatta.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar