Xorazm viloyati Tuproqqal`a tumanida qaynakasini pichoqlab o`ldirgan erkak sud qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, hazorasplik 27 yoshli O. o`z uyida spirtli ichimlik ta`srida qaynakasi bilan janjallashgan. Shuningdek, yigit mast holda stol ustida turgan oshxona pichog`i bilan erkakni 5 marta pichoq urib og`ir tan jarohati etkazgan. Jabrlanuvchi ko`krak va elka qismidan olingan jarohati oqibatida vafot etgan.
Mazkur hodisa yuzasidan jinoyat ishlar bo`yicha Tuproqqal`a tuman sudi ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgani uchun 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.