Samarqanddagi tekstil korxonasida ishlovchi 19 yoshli Madina (ismi o`zgartirilgan) avtomobilda zo`rlangan. Bu haqda Zamon informasion dasturi xabar bermoqda. U o`z intervyusida hodisa qanday ro`y berganini gapirib berdi.
Uning so`zlariga ko`ra, hodisa tungi navbatchilikda qolgan kuni, 23 mayda soat 23:25 larda sodir bo`lgan.
Soat 22:00 -23:00 orasida uning oldiga korxona ustasi kirib, koridorga chiqishini aytgan. Keyin oyoq-qo`lini bog`lab, olib ketilgan. Korxonaning yonida qurilishi tugallanmagan 9 qavatli binoning oldiga keltirilgan. Uning baqirmasligi uchun bog`lab qo`yilgan va zo`rlangan. Biroq, Madina zo`ravonlarning kimligini ochiqlamagan.
Jabrlanuvchinng o`zi:
“Oilaviy sharoitimiz ozgina og`irroq. Uyda faqat ayam va men ishlaymiz. Dadam va ukam ishlamaydi, ishsiz. Oilaga ozgina moddiy yordam qilish uchun ishlamoqchi edim.






