Toshkentning Chilonzor tumanida ayol ko`p qavatli uyning 9-qavatidan tushib ketib voqea joyida halok bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, «Daryo»ning ma`lum qilishicha, ayol ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.
21 iyun kuni soat 00:20 larda Chilonzor tuman IIO FMB navbatchilik qismiga 102 xizmatidan kelib tushgan xabarga ko`ra, tumanning «Al-Xorazmiy» mahallasidagi ko`p qavatli uyning 9-qavatida yashagan 20 yoshli E.O. yotoqxona derazasi ochiq joyidan ehtiyotsizlik oqibatida pastga yiqilib, olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Sudga oid dastlabki tibbiy ekspertizasi xulosasida uning o`limi bosh miya ochiq jarohati, qo`l-oyoq va tanasi ko`plab sohalari sinishi oqibatida kelib chiqqanligi qayd etilgan.
Dastlabki surishtiruvdan ma`lum bo`lishicha, voqea sodir bo`lgan vaqtda uyda marhumaning oila-a`zolari, ushbu xonadonda birga istiqomat qiluvchi qaynanasi, ovsini va marhumaning 4 oylik chaqalog`i bo`lgan.
Marhuma bola yig`lagani sababli yotoqxonaga kirib ketgan. Oradan 10-15 daqiqa o`tib, yotoqxonaga xabar olish uchun kirganlarida bola joyida, lekin kelini marhuma E.O. yo`qligi, uyni ko`zdan kechirishganda yotoqxona oynasi ochiqligi, pastga qaragan vaqtda kelini erda yotganiga guvoh bo`lishgan. Tez yordam chaqirib, shifoxonaga olib borganlarida u erda vafot etganligini bilishgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






