AsosiySUG'DIYONA

Irodasi kuchli ayolning baxtiga to`sqinlik qiladigan 5 noto`g`ri fikr

Kuchli iroda — har qanday jinsning muvaffaqiyatga erishishida katta rol o`ynaydi. Ammo u qolip, andaza bo`lib qoladigan bo`lsa, ba`zan insonning o`sishiga, rivojlanishiga to`sqinlik qiladi. Quyida ularning eng asosiylari haqida so`z yuritamiz.

“O`ZIM EPLAYMAN”

Kuchli ayollar hayotda uchragan barcha qiyinchiliklarni o`zlari engishga harakat qilishadi, chunki bu vazifani ular boshqalarga ishonmaydi.

Masalan, “Chamadon og`ir bo`lsayam, o`zim ko`taraman, birovga bersam tushirib yuborishi mumkin”, “Kompyuter buzildi, usta qachon keladi, yaxshisi uni o`zim tuzatishga harakat qilib ko`raman”. Bu haliyam hamma narsani o`zim bajara olaman degani emas, agar rozetkani, sumkani va hokazolarni ham o`zim tuzataman deydigan bo`lsa, bu muhokama etilmaydi. Buning xavfli joyi shundaki, ertami kechmi bir kun hamma narsadan charchaysiz, elkangizga ortilgan yukning zalvori esa kundan-kunga oshaveradi.  

Xulosa: Vazifangizning ozgina qismini bo`lsa ham boshqa birovlarning elkasiga yuklang. Avvaliga muhim bo`lmagan vazifalarni bajarishni iltimos qilib ko`ring.

“BUNI MEN BOShQALARDAN KO`RA YaXShIROQ UDDALAYMAN”

Bu fikrga raqiblik, g`alabaga erishish istaklari qorishib ketgan.

Masalan, “Men buni boshqalardan ko`ra yaxshiroq eplayman, chunki men eng kerakli va bilimdon xodimman. Mening o`rnimni hech kim bosolmaydi”. Bu fikrda bo`lgan rahbar ayol xodimlariga ishonmay, barcha vazifani o`zlari bajarishga harakat qilishadi va yuqorida keltirilgan vaziyat vujudga keladi.

Xulosa: “Nima uchun boshqalardan zo`r bo`lishim kerak? Shuncha ishni bajarganimdan menga nima foyda? Nega men boshqalar uchun ishlashim, ular choy ichib, dam olib o`tirishlari kerak?” degan savolga javob topishi lozim.

“FAQAT MENDAN KUChLILARGINA HURMATGA LOYIQ”

Bunday ayollar biror kishi bilan tanishadigan bo`lsa, ularni birinchi navbatda “kuchli va kuchsizga” ajratib oladi.

Masalan, “Qani, hozir ko`ramiz kim zo`r ekan? Agar meni quvib solsa men uni hurmat qilaman. Agar barcha aytganlarimni itoatsiz bajaradigan bo`lsa, ammamning buzog`i ekan”. Boshqalarda fazilat va qobiliyatlarni ko`rmaslik, faqat jismoniy kuchni hurmat qilishga olib keladi. “Mabodo shtangni bir silkishda ko`tara olsam, demak men zo`rman, kuchimni ko`rsata olmasam, hurmatga noloyiqman”, degan fikr tug`iladi. Hayotda shtang ko`tarishdan ham qiziqroq boshqa mashg`ulotlar ko`p.

Xulosa: Insonlarda “kuchli-kuchsiz” tomonlardan ko`ra boshqa muhimroq jihatlar ham borligiga e`tibor bering. Tashqi tomondan “kuchsiz” ko`rinish, uning haqiqatan ham kuchsiz ekanligini isbotlamaydi, balki u andisha qilib, odob saqlayotgandir. Har qanday sharoitda ham xotirjamligini yo`qotmaydigan, aqlli va sabr-bardoshli inson jismonan kuchli odamdan ko`ra ming bora kuchliroqdir.

“O`ZIMDAN KUChLIROQ ERKAKKAGINA BO`YSUNIShIM MUMKIN”

Axir hamma erkaklar ojiz va zaifa ayollarni sevishadi, to`g`rimi? Aslida bu noto`g`ri fikr, ularning didlari har xil. “Hamma erkaklar” va “Hamma ayollar” degan tushunchaning o`zi yo`q. Kimgadir nozik-nihol, sal qo`pol munosabatdan hushidan ketadigan ayol yoqsa, kimgadir nigohlari bilan dushmanni tor-mor qiladigan ayollar yoqadi.

Kuchli ayollarda ayollik fazilatlari bo`lmaydi, degan tushuncha to`g`rimi? Afinaning antik jangchi-ilohasi Artemida haykaliga e`tibor bering. Nahotki unda ayollik xususiyatlari bo`lmasa? Inson o`zida bo`lmagan fazilatlarni juftidan izlaydi. Shuning uchun kuchli ayollarga o`ziga ishonmaydigan, uyatchan va tortinchoq erkaklar intiladi. Kuchli erkaklar ularning ozodligiga, erkiga raxna soladigan odam bo`lib tuyulishi mumkin. Dunyo ikki qismga bo`linadi, uning birinchi qismida kuchli erkaklarga ojiz ko`rinib, kuchli tomonlaringizni yashirishingizga, ikkinchi qismida esa bo`shroq erkaklarga rahnamolik qilishingizga to`g`ri keladi. 

Xulosa: Umuman insonlarni kuchli va kuchsizga ajratishdan voz kechish lozim, tanishuvning ilk kunlarida kim bilan qanday munosabatda bo`lishni aniqlab olish lozim.

“YoRDAM SO`RASAM, UYaT BO`LADI”

“Yordam so`rash ojizlik belgisi, u obro`yimga putur etkazishi, meni hurmat qilmay qo`yishlari mumkin”.

Xulosa: Ayni vaqtda yordamga muhtojligingizni tan oling. Boshqalarning yordamini qabul qilish, ular bilan bir bitimga kelish ham insonning kuchidan darak beradi. Janna d’Ark qo`shin yig`maganda hech qachon g`alabaga erisha olmagan bo`lardi. Hech kimdan ko`mak kutmay, barcha vazifani o`zingiz bajaradigan bo`lsangiz, sizning bayrog`ingiz tagiga hech kim to`planmaydi va siz yolg`iz jang qilishga majbur bo`lasiz. Yolg`izlik esa mag`lubiyatga olib keladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar