AsosiyJamiyat

Toshkent hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan Sanjayning chiqishiga munosabat bildirdi va xonandaga lavozim taklif qildi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Sanjayning fuqarolarni vatanparvarlikka, bir...

'Toshkent hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan Sanjayning chiqishiga munosabat bildirdi va xonandaga lavozim taklif qildi'ning rasmi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Sanjayning fuqarolarni vatanparvarlikka, bir bo`lishga chaqirgan videolari tarqalmoqda. 

Toshkent shahar hokimligi xonanda Sanjayning mazkur chiqishiga o`z munosabatini bildirdi.  

"Xonanda Sanjay dolzarb masalani ko`targan bo`lib, shahrimizda chiqindilar to`planib qolmasligi uchun odamlarni befarq bo`lmaslikka chaqirgan, ular tomonidan muzqaymoq qog`ozlari, sigareta qoldiqlari, turli salqin ichimliklar idishlarini xohlagan joylarga tashlab ketayotganligini ta`kidlagan. Bunday salbiy holatlar ayniqsa, yoz paytida ko`payib, go`zal poytaxtimizning husniga dog` bo`lishi tabiiy hol.  

Shu bilan birga, shahrimiz ozodaligi uchun ko`plab insonlar mehnat qilayotganligi va ularning munosib mehnatini ta`kidlashimiz ham lozim", - deyiladi munosabatda. 

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi xonanda Sanjayga poytaxt tozaligiga munosib hissa qo`shmog`i uchun uni o`zi istiqomat qilayotgan Shayxontohur tuman Obodonlashtirish bo`limi rahbari lavozimiga ishga taklif etadi.

Xonanda Sanjaydan ushbu taklifni qabul qilishi uchun +998977015111 telefon raqamiga murojaat etish so`raladi.

    Boshqa yangiliklar