Gollivud aktyorlari 52 yoshli Bred Pitt va 40 yoshli Anjelina Joli o`rtasidagi ziddiyatlarning yangi tafsilotlari ma`lum bo`lmoqda. Bu haqda “Woman.ru” nashri xabar bermoqda.
Yangi mish-mishlarga ko`ra, Bred rafiqasining tanbehlaridan,uning tushkun kayfiyati va janjal ko`taraverishidan bezor bo`lgan. Joliga rashk tinchlik bermaydi, shuning uchun u Bredni muttasil xiyonat qilganlikda ayblaydi va mojarolar keltirib chiqaradi.
Yaqindagina Anjelina farzandalariga qaraydigan enagalardan birini bo`shatib yuborgan. Joli uni eri Bred Pitt bilan yaqin munosabatda bo`lganlikda ayblagan.
Aytishlaricha, Joli boshida enaga va Bred o`rtasidagi yaqinlikka ahamiyat bermagan. Biroq ularning oshxonada suhbatlashib turgani ustidan chiqib qolganidan so`ng, ortiq bunga bardosh bera olmagan.
Bred endigina dush qabul qilib bo`lgan va uning ustida sochiqdan boshqa narsa yo`q edi. U muzlatgichni ochib o`ziga sharbat quyib ichgan va enaga bilan suhbatlashayotgan paytda Anjelina kelib qolgan.
Aktrisa ayb kimda ekanligiga oydinlik kiritib o`tirmadi. Enagani shu zahotiyoq ishdan bo`shatdi.
“Enji(Anjelina) farzandlari bilan shug`ullanadigan enagalardan minnatdor edi. Bu oilada ishlashni istovchilar ko`p edi. Biroq aktrisa shaxsan o`zi enagalikka nomzodlarni tnalab olgan edi. Enji har kim o`z o`rnini bilishi kerak degan fikrda”,—dedi oilaning yaqinlaridan biri.
Ma`lumot uchun, Anjelina Joli va Bred Pitt 2014 yilda rasman nikohdan o`tishgan. Er-xotinning umumiy daromadi hozirgi kunda 480 million AQSh dollarini tashkil etmoqda. Agar mish-mishlar o`z tasdig`ini topib, ular rostan ham ajrashishsa, bu ajrim ularga qimmatga tushadi.