AsosiyJamiyat

Navoiylik ayol 62 yoshli otasini o`zi bilan jinsiy aloqada ayblab, sudga berdi

'Navoiylik ayol 62 yoshli otasini o`zi bilan jinsiy aloqada ayblab, sudga berdi'ning rasmi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida qizi bilan jinsiy aloqa qilganlikda gumonlangan erkak sharmanda bo`lmaslik uchun tergovchiga pora taklif qilgani uchun sudlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Jinoyat ishlari Xatirchi tuman sudining sudyasi H.Tuxtayev xabar berdi.

Jinoyat tafsilotlariga ko`ra, 62 yoshli A.Xamraev (shaxsi o`zgartirilgan) 2021 yil 10 mart kuni soat 12:00 larda Xatirchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi surishtiruv guruhi surishtiruvchisi M.Rabbimovning ish yurituvidagi qizi Z.Akromovaning (shaxsi o`zgartirilgan) u bilan jinsiy aloqada bo`lib kelganligi mazmunidagi og`zaki murojaati bo`yicha sharmanda bo`lmaslik maqsadida ishni ijobiy hal qilib berishi uchun M.Rabbimovga 1 million so`m pora taklif qilgan.

Holat yuzasidan M.Rabbimovning bildirgisi asosida Navoiy viloyat IIB va Xatirchi tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan 20 mart kuni o`tkazilgan tezkor tadbirda A.Xamraev Xatirchi tuman IIB ma`muriy binosidagi M.Rabbimovning xizmat xonasida unga 800 ming so`m berganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sudda Xatirchi tuman prokurori tomonidan 27 aprel kuni aybga iqrorlik to`g`risidagi kelishuvni tuzishda ayblanuvchining prosessual huquqlari tergov organi tomonidan ta`minlanib, aybga iqrorlik to`g`risidagi kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan.

Sudlanuvchi A.Xamraev sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to`liq iqrorligini, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini inobatga olib, Jinoyat kodeksi 211-moddasi (pora berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Unga Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida uzil-kesil 1 yil 9 oy 23 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilgan.

    Boshqa yangiliklar