AsosiySavol-javob

Qay biri afzal:Davlat maktabimi yoki xususiy maktab?

Bu yil farzandim maktabga chiqadi. Ba`zilar nodavlat maktablarda darslar mukammalroq o`tiladi, desa, ayrimlar davlat muassasalarida ta`lim sifati nazoratga olingan deya, fikr bildirishmoqda. Yurtimizdagi umumta`lim maktablarining ta`lim berish tizimida farq bormi, mavjud to`lovlari qanaqa?

Fayzilla AHMEDOV, Xalq ta`limi vazirligi bosh boshqarma boshlig`i:

—  Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi umumiy o`rta ta`lim maktablarida ham nodavlat umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ham ta`lim jarayoni yagona Davlat ta`lim standartlari asosida tashkil etiladi. Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, bo`ysunuvidan qat`i nazar respublikadagi umumiy o`rta ta`lim faoliyati bilan shug`ullanuvchi ta`lim muassasalarining ta`lim-tarbiya jarayoni Xalq ta`limi vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.

—  Nodavlat ta`lim muassaslariga qabul tartibi va ulardagi to`lovlar masalasida nodavlat ta`lim muassasalari ma`muriyatiga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

    Boshqa yangiliklar