AsosiyJinoyat

Nurafshonda sifatsiz go`shtni 42 ming so`mdan pullayotgan shaxslar qo`lga olindi

'Nurafshonda sifatsiz go`shtni 42 ming so`mdan pullayotgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

  Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.

 Ma`lum bo`lishicha, IIBning Nurafshon shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda,  Z.Yu. va N.X.lar oldindan til biriktirib iste`molga yaroqliligi to`g`risida ma`lumotnomasi bo`lmagan 50 kg go`shtni har bir kilosini 42 ming so`mdan hisoblab jami 2,1 mln so`mga fuqaroga sotayotgan vaqtida qo`lga tushgan.

  Tadbir jarayonida Z.Yu.ga qarashli uyning omborxonasida tashkil etilgan yashirin sexdan 386 kg sifatsiz go`sht ashyoviy dalil sifatida olingan.    

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar