Xorazm viloyati Xonqa tumanida 4 iyul kuni erkak janjal sabab sobiq xotinini o`ldirib qo`ydi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, hodisa 3 iyuldan 4 iyulga o`tar kechasi tumanning "Istiqlol" mahalla fuqarolar yig`inida sodir bo`lgan.
Urganch tumani "Qaychili" mahallasida yashovchi erkak janjal sabab sobiq turmush o`rtog`ini pichoqlab o`ldiradi, so`ng xotinining onasiga ham jarohat etkazgan. Endilikda qotil sud hukmiga asosan, jazoga tortiladi.
Mazkur mudhish qotillik har ikki mahalla vakillari va viloyat huquqni himoya qilish organlari mas`ullari ishtirokidagi majlisda batafsil muhokama qilindi.






