AsosiyJAMIYAT

Avstriyalik jurnalist O`zbekistondagi mahalla tizimi haqida gapirdi (video)

Avvalroq, Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahd...

'Avstriyalik jurnalist O`zbekistondagi mahalla tizimi haqida gapirdi (video)'ning rasmi

Avvalroq, Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi oliy darajali xalqaro konferensiya o`z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik. 

Konferensiya doirasida O`zbekistonga tashrif buyurgan Avstriyaning "KLEINEN ZEITUNG" gazetasi muxbiri Kristian Vershus yurtimizdagi mahalla tizimi haqida gapirdi.

"Men bu erga kelib Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirining shaxsan o`zidan mahalla tizimi haqida keng ma`lumot oldim. Bu mavjud tuzilmalardan keskin farq qiladi.

Bu tarixiy tizim orqali hukumatning jamoat darajasidagi davlat boshqaruvini yo`lga qo`ygani meni hayratga soldi. Bu erda birinchi marta bo`lganim va hozirda taasurotlarni yig`ayotganim uchun mamlakat haqida ko`p gapira olmayman. Lekin menimcha, xalqingiz katta islohotlarga allaqachon tayyor bo`lgan",–degan avstriyalik jurnalist.

Boshqa yangiliklar