AsosiyJamiyat

Toshkentning Bodomzor mahallasida haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan qiz yirik YTH sodir etdi(Foto)

Toshkent shahri Bodomzor mahallasida kecha 22 mart kuni yirik yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar bermoqda.

 

Ma`lumotlarga ko`ra, Captiva avtomobilini hali haydovchilik guvohnomasini olmagan, voyaga etmagan, Toshkent bank kolleji talabasi bo`lgan qiz boshqargan. U katta tezlikda kelib, mahalla ichida harakatlanayotgan Cobalt va Spark avtomobillarini ham urib yuborgan. Suratlarda mazkur avtomobillarga ham jiddiy zarar etkazilganini ko`rish mumkin. Bundan tashqari, izohlarda foydalanuvchilardan biri mana shu mahallada yashashini, yo`l-transport hodisasi oqibatida uning mahalladoshi, 3 nafar farzandning onasi jiddiy jarohat olganini bildirgan. Izohlarda aytilishicha, hozirda jabrlanuvchi jonlantirish bo`limida yotibdi, u hozir komada ekanligi aytilmoqda.  

 

Ma`lumot uchun, avvalroq Toshkent vokzali yaqinida bugun Captiva va Nissan Altima avtomobillari ishtirokida sodir bo`lgan YTH haqida xabar bergan edik.

  

Boshqa yangiliklar