1.Agar inson biron narsadan qiynalayotgan bo`lsa maqsadsiz shahar ko`chalarini kezib yurishi mumkinmi?
A. Agar bu unga yordam bersa, albatta mumkin;
B. Siz hali bu usulni qo`llab ko`rmagansiz, balki chindan ham yordam berar;
V. Bunday sayrlar befoyda ekanligiga ishonasiz.
2. Safarga ketayotgan vaqtingizda dugonangiz kutilmaganda birga borishdan bosh tortdi. Yolg`iz yo`lga tushishingizga to`g`ri keldi, nima qilasiz?
A. Bunday hordiq sizni qoniqtirmaydi. Siz ham biletingizni topshirib uyda qolasiz;
B. Bu albatta yoqimsiz holat, ammo shu bilan birga fojia ham emas;
V. Qanday yaxshi! Endi bir o`zingiz qolib, istagan ishingiz bilan mashg`ul bo`lasiz.
3. Bir yoki ikki soatlardan so`ng uchrashuvingiz bor...
A. Bu vaqt ichida soatlarga qarashdan boshqa hech narsa qilmaysiz;
B. Qolgan vaqt ichida o`zingizni biror bir mashg`ulot bilan chalg`itishga harakat qilasiz;
V. Hech qanday muammo yo`q. Siz yolg`izlikdan zerikmaysiz.
4. Kechki payt gulxan atrofida o`tiribsiz...
A. Yonayotgan gulxan ajoyib manzaralardan biridir;
B. Olovning otash tili sizda ijobiy hislarni uyg`otadi, ammo siz soatlab buni tomosha qilib o`tirolmaysiz;
V. Gulxan sizga hech qanday ta`sir etmaydi.
5. Telefon qo`ng`irog`i sizni yumushingizdan chalg`itdi...
A. Bevaqt qo`ng`iroq qilgan odamni la`natlaysiz;
B. Xotirjamlik bilan qo`ng`iroqga javob berasiz va suxbat qurasiz;
V. Qo`ng`iroqga javob bermaysiz va ishingizda davom etasiz.
6. Shahar bo`ylab piyoda sayr qilishga munosabatingiz qanday?
A. Bu sizga yaxshi kayfiyat bag`ishlaydi;
B. Bu juda toliqtiruvchi mashg`ulot;
V. Bunday sayrlar kayfiyatingiz va hamrohingizga qarab ba`zan yoqimli, ba`zan esa zerikarli bo`ladi.
7. Ma`lum bir sabablarga ko`ra yangi yilni yolg`iz kutib olishga majbursiz.
A. Hechqisi yo`q, bu kayfiyatingizni buza olmaydi;
B. Yolg`izlikdagi bayram bayram emas;
V. Nimayam qilardingiz, bayramni yolg`iz kutib olasiz.
8. Tug`ilgan kuningizda ko`p mehmon kutasizmi?
A. Yo`q. Faqat eng yaqin insonlaringiznigina;
B. Boshqacha bo`lishi ham mumkin emas. Axir mehmonlarsiz bayram tatirmidi?
V. Har doim ham emas, ba`zida.
9. Sizga notanish bo`lgan insonlar davrasidasiz...
A. Ular bilan yaqindan tanishishga harakat qilasiz;
B. Sizga noqulay bo`ladi, ammo bildirmaslikka harakat qilasiz;
V. Suhbatda qatnashmaslik uchun o`zingizni yomon his qilayotganingizni aytasiz.
10. Sovg`a ulashishni yoqtirasizmi?
A. Albatta, kimgadir quvonch ulashish bu yoqimli;
B. Yo`q. Chunki sovg`a tanlash sizga qiyinchilik tug`diradi. Shu bilan birga ortiqcha sarf-xarajatga tobingiz yo`q;
V. Yomon ko`rasiz. Ammo sovg`a berishga majbursiz.
11. Bolaligingizda aktrisa bo`lishni orzu qilganmisiz?
A. Ha. Ammo bu faqat bolalarcha orzu bo`lgan xolos;
B. Nima uchun faqat bolalikda? Siz hozir ham mamnuniyat bilan sahnada rol ijro etgan bo`lardingiz;
V. Yo`q. Bolaligingizda o`qituvchi bo`lishni orzu qilgansiz.
12. Siz notanish shahardasiz va sizga kerakli ko`chani topa olmayapsiz...
A. Muammo yo`q. Ko`chadagi yo`lovchilardan yordam so`raysiz;
B. O`zgalarning ko`magisiz kerakli ko`chani topishga harakat qilasiz;
V. Matbuot do`konidan shahar xaritasini sotib olasiz va u orqali yo`nalishni aniqlaysiz.
Jadval orqali to`plagan ballaringizni hisoblab chiqing.
Savollar A B V
1 2 1 0
2 0 1 2
3 0 1 2
4 2 1 0
5 1 0 2
6 2 0 1
7 2 0 1
8 2 0 1
9 0 1 2
10 0 2 1
11 0 1 2
12 0 2 1
0 balldan 8 ballgacha. U sizni tashlab ketishi mumkin emas: siz yolg`iz qololmaysiz, chunki ko`pchilik qurshovida bo`lib o`rgangansiz. Hech bo`lmaganda ba`zan o`z xayollaringiz bilan yolg`iz qolib ko`ring. Aks holda kutilmagan muammolarni echishda qiyinchilikka duch kelishingiz mumkin.
9 balldan 16 ballgacha. U sizga xuddi tug`ishganlaringizdek yaqin va qadrdon. Ammo ba`zi paytlarda yolg`iz qolgingiz, to`planib qolgan muammolaringiz to`g`risida o`ylab ko`rgingiz keladi. Yolg`izlikda o`tkazgan vaqtingiz sizga yaxshi ta`sir qiladi. Shundan so`ng sizning juftingizga va yaqinlaringizga munosabatingiz yanada yaxshilanadi.
16 balldan yuqori. Atrofingizdagilardan uzoqda bo`lishni orzu qilasiz. Kun voqealari va o`zingizning qilgan harakatlaringizni to`g`ri baholash uchun sizga yolg`izlik kerak. Buning yomon tomoni yo`q, albatta. Ammo odamlardan qochib yuraversangiz juftingiz sizni tashlab ketish ehtimoli bor.





