1

Toshkent Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullaevning vaksina borasidagi videochiqishi yuzasidan munosabat bildirildi (video)

Jamiyat 21.07.2021, 12:30
Toshkent Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullaevning vaksina borasidagi videochiqishi yuzasidan munosabat bildirildi (video)

Toshkent Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullaevning ijtimoiy tarmoqlarda video murojaati tarqalmoqda.

Professor Zarifboy Ibodullaev ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan video murojaatida yurtimizda amalga oshirilayotgan ommaviy vaksinasiya jarayonlarida qo`llanilayotgan O`zbekiston-Xitoy hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yaratilish bosqichlari haqida ma`lumotlar yo`qligini aytib, ushbu vaksinaning qo`llanilishining maqsadga muvofiqligini shubha ostiga oladi.

Holat yuzasidan Innovasion rivojlanish vazirligi munosabat bildirdi. 

"Z. Ibodullaevning e`tirozlari noo`rin va haqiqatga umuman to`g`ri kelmaydi, u tomonidan tarqatilgan video materiallar O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ommaviy vaksinasiya jarayonlarida aholini chalg`itishga xizmat qilyapti.

Professor Ibodullaev ilmiy jurnallardagi ma`lumotlarni o`rganmay, mazkur vaksina haqida hech qaerda ma`lumotlar berilmagan deb xalqimizning ko`ngliga g`ulg`ula solmoqda. Demak, professor tomonidan berilgan savollarga javob beramiz.

1. ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi ustida olib borilgan tadqiqotlar haqida nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilganmi?

Aynan Ibodullaev tilga olgan nufuzli xalqaro “the Lancet” tibbiyot jurnalida mazkur vaksinaning birinchi va ikkinchi faza sinovlari to`g`risidagi maqola joriy yilning 24 mart kuni chop etilgan: https://doi.org/10.1016/S1473-3099(21)00127-4.

3-faza klinik sinovlari bo`yicha ma`lumotlar quyidagi havolada berilgan: https://clinicaltrials.gov/ct2/show/NCT04646590

Bundan tashqari mazkur vaksinaning turli shtammlarga qarshi ta`siri haqidagi maqola nufuzli Cell Research (CR) xalqaro ilmiy jurnalida ham chop etilgan: https://www.nature.com/articles/s41422-021-00514-9.

2. Nima uchun mazkur vaksina yaratilishi to`g`risidagi ma`lumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmadi?

To`g`ri, Rossiya televideniesi o`z vaksinasini juda katta targ`iboti bilan shug`ullandi. Lekin u «piar»dan boshqa narsa emasligini Z. Ibodullaev o`zi ham juda yaxshi biladi. Bu borada professor o`z chiqishlarida ko`p gapirgan. Xususan, Rossiya farmasevtik kompaniyalarning qo`llab-quvvatlovi bilan tashkil etilayotgan konferensiyalar, chop etilayotgan maqolalarning qay maqsadlarda amalga oshirilayotgani haqidagi professorning fikrlarini quyidagi havola orqali o`qishingiz mumkin: https://kun.uz/ru/news/2021/01/23/professor-zarifboy-ibodullayev-vo-vse-napravleniya-nashey-meditsiny-pronik-lobbizm.

O`z navbatida ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yurtimizga kirib kelishi, uchinchi bosqich sinovlarida O`zbekistonning ishtirok haqidagi maqolalar, ko`rsatuvlar OAVda keng yoritilgan. Quyida vaksinaning yurtimizga kirib kelishi va tadqiqotlar xronologiyasi va ular haqida OAVda chiqqan ayrim materiallarga havola beramiz. OAVlarida chiqqan barcha materiallarga havola berishning bitta bayonotda imkoni yo`q, chunki ular juda ko`p bo`lgan.

2020 yilning avgust oyida O`zbekiston-Xitoy o`rtasida vaksina xaridi bo`yicha muzokaralar o`tkazildi.

https://t.me/mtrkuzofficial/14946

https://t.me/mtrkuzofficial/14960

2020 yilning 21 oktyabr kuni Innovasion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O`zbekistonda tashkil etish masalasi bo`yicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o`tkazdi.

https://daryo.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi.../

https://xs.uz/uzkr/42541

https://uzpharmagency.uz/.../uzbekistonda-hitoj...

https://yuz.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi...

http://hudud24.uz/%D1%9Ezbekistonda-koronavirusga-%D2.../

https://t.me/mtrkuzofficial/21791

https://t.me/mtrkuzofficial/16298

Mutasaddilar tomonidan berilgan intervyular:

https://uznews.uz/uz/article/25995/

https://daryo.uz/.../ozbekistonda-xitoy-vaksinasi.../

https://daryo.uz/.../sinovda-oila-azolarim-ham.../

2020 yil 19 noyabr kuni Innovasion rivojlanish vazirligining Ilg`or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o`tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, plasebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan qabul qilindi.

https://xs.uz/.../ozbekistonda-khitoj-vaktsinasining...

https://uznews.uz/uz/article/26612/

2020 yil 10 dekabr kuni O`zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning uchinchi sinov bosqichiga start berildi.

https://teznews.uz/.../ozbekistonda-vakczinacziya...

https://www.gazeta.uz/uz/2020/12/10/vaccine/#!

https://kun.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi...

https://azon.uz/.../koronavirus-uzbekistonda-vakcinaning-uch

ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi tadqiqotlarining borishi haqida:

https://t.me/mtrkuzofficial/32257

https://t.me/mtrkuzofficial/31508

https://t.me/mtrkuzofficial/35426

https://t.me/mtrkuzofficial/30376

https://t.me/mtrkuzofficial/30170

https://t.me/mtrkuzofficial/30084

https://t.me/mtrkuzofficial/28378

2021 yil fevralda Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O`zbekistonning hissasi va csa`y-harakatlarini inobatga olib, ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishilgani bildirildi.

https://t.me/mtrkuzofficial/34545

https://www.gazeta.uz/uz/2021/02/17/zf-vaccine/#!

https://yuz.uz/.../ozbekiston-xitoy-vaktsinasining...

1 mart kuni O`zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Ro`yxat raqami - DV/X 08646/03/21

https://kun.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi-ilk...

https://uza.uz/.../ozbekiston-koronavirusga-qarshi-ilk...

http://uzpharmagency.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga...

Shuningdek, O`zbek-Xitoy vaksinasi bo`yicha ma`lumotlarni https://t.me/vaksinauzb. telegram kanali orqali olishingiz hamda Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim etilgan maxsus dayjestdan (https://online.pubhtml5.com/fkya/hind/) tanishishingiz mumkin.

3. ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini yaratishda O`zbekiston olimlarining o`rni qanday?

ZF-UZ-VAC 2001 vaksinaning 3-bosqich sinovlarida innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi hamda Sog`liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti ilmiy jamoasi ishtirok etgan. Sinovlarga Innovasion rivojlanish vaziri, akademik, genetik-olim Ibrohim Abdurahmonov rahbarlik qilgan. Tadqiqot ishlarida Ilg`or texnologiyalar markazining qator olimlari – biologiya fanlari doktori, profesor Shahlo Turdiqulova, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullaev, biologiya fanlari nomzodi Dilbar Dolimova, ilmiy xodimlar Muzaffar Mo`minov, Abror Abdurahimov hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Erkin Musaboev rahbarligidagi tibbiyot xodimlari ishtirok etgan.

4. Plasebo nazoratli tadqiqotlar o`tkazildimi?

2020 yil 19 noyabr kuni Innovasion rivojlanish vazirligining Ilg`or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o`tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, plasebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan qabul qilindi. 2020 yil 10 dekabr kuni O`zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning uchinchi sinov bosqichi boshlandi va tadqiqot ishlari davom etmoqda. O`z navbatida hozirda jahonda mavjud barcha vaksinalarning 3-bosqich sinovlari davom etayotganini ma`lum qilamiz.

5. Vaksina koronavirusning qaysi shtammlariga qarshi ta`sir qiladi?

Cell Research (CR) xalqaro ilmiy jurnalida “SARS-CoV-2 virusi mavjud variantlarining inaktivlangan va RBD-subbirlik vaksinalariga gumoral immun javobi» (“Humoral immune response to circulating SARS-CoV-2 variants elicited by inactivated and RBD-subunit vaccines”) nomli maqola chop etildi. maqolada COVID-19 bilan kasallangan bemorlar, sog`lom insonlar va mazkur ikki vaksinalar bilan emlangan shaxslarning qonidan olingan plazmalarning samaradorligi «afrikancha» shtammga nisbatan  tekshirilgan. Inaktivlangan va rekombinant vaksina bilan emlanganlar va kasallikka chalingan shaxslarning plazmasi olinib, haqiqiy virus va psevdo virusni neytrallash (zararsizlantirish) in vitro testlari o`tkazilganda, rekombinant ZF-UZ-VAC2001 vaksinasida ushbu mutant variantni zararsizlantirish xususiyati nisbatan yuqori ekanini tasdiqlagan. Shuningdek, maqolada D614G mutant varianti (ushbu variant ayni damda butun dunyoda tarqalgan bo`lib, dominant variant hisoblanadi) nazorat sifatida olingan bo`lib, vaksinalarning ushbu variantni neytrallash ko`rsatkichi test variantlarinikidan ham balandroq ekanligini ko`rishingiz mumkin.

Tadqiqotlar ZF2001 vaksinasi Covid-19 virusining ayni vaqtda dunyoda tarqalgan afrikancha (501Y.V2) va britancha (D614G) variantlaridan himoya qila olishini tasdiqlamoqda. Hozirda olimlar Hindistondan tarqalgan delta-variant ustida ham tadqiqotlar olib bormoqdalar. Laboratoriya tekshiruvlari vaksinasiyalangan odam zardobi ham, hayvonlar zardobi ham delta variantga qarshi himoyalanganini namoyon etgan. Ayni paytda ma`lumotlar tasniflanmoqda va maqola yaqin kunlarda chop etilishi kutilmoqda.

6. O`zbekistondan tashqari qaysi davlatda mazkur vaksina bilan necha kishi emlandi?

ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan Xitoyda hozirda 100 million aholi emlangan.

7. Nima uchun O`zbekiston ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining hammuallifi hisoblanadi?

Xitoy Xalq Respublikasi hukumati va O`zbekiston Respublikasi hukumati o`rtasida ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo`yicha Kelishuv imzolangan bo`lib, hozirda O`zbekiston xitoylik olimlar bilan hamkorlikda 4 million dollar qiymatidagi qo`shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Koronavirus pandemiyasi e`lon qilinganidan so`ng 2020 yilning mart oyidan Innovasion rivojlanish vazirligi ochiqlamaslik sharti bilan Xitoy Fanlar akademiyasi va Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilayotgan rekombinant oqsil vaksinasi bo`yicha tadqiqotlarida ishtirok etdi. Shu bois ham mazkur vaksinaning 3-bosqich tadqiqotlari O`zbekistonda o`tkazish kelishuviga erishilgan edi. 3-bosqich klinik sinovlarining o`zi katta tadqiqot sanaladi. Bu tadqiqotlarda O`zbekiston tomonidan 100 dan ortiq olimlar va shifokorlar ishtirok etgan. Ushbu klinik sinov tadqiqotlari o`ta murakkab ilmiy jarayon bo`lib, unda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti talablariga to`liq rioya etish talab etiladi.

Shu bois ham Innovasion rivojlanish va Sog`liqni saqlash vazirliklarining ZF2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek klinik tadqiqotlarga qo`shgan hissasini inobatga olib, O`zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi sifatida tan olindi.

Quyidagi maqolada O`zbekistonning Xitoy tomonidan mazkur vaksinaga hammuallif sifatida tan olingani haqida yozilgan:

http://www.zflongkema.com/news/qyyw/2021-04-06/194.html

Vaksina hammuallifi sifatida tan olinish mamlakatimizga ko`plab yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Yurtdoshlarimizni koronavirusga qarshi emlash jahondagi vaksina ishlab chiqaruvchilar taklif etgan qiymatdan ancha arzonga tushmoqda. Mazkur vaksina xitoylik hamkorlar tomonidan O`zbekistonni hammuallif deb tan olgani bois ustuvor tarzda etkazib berilyapti va bunda O`zbekiston tomoni faqat ishlab chiqarish, qadoqlash va transportirovka xarajatlarini qoplayapti. Bundan tashqari, Xitoy Fanlar akademiyasi va Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical kompaniyasi bilan hozirda vaksinani birgalikda tijoratlashtirish bo`yicha kelishuvlarga erishildi. Ya`ni vaksinani xorijiy mamlakatlarga eksport qilishdan tushgan daromadning 30 foizi O`zbekistonga tegishli bo`ladi. Bu — pandemiya hali-hamon insoniyatni tahlikada tutib turgan bir paytda dunyoning ko`plab davlatlari havas qilgulik muvaffaqiyat.

2020 yilning avgust oyida O`zbekiston-Xitoy o`rtasida vaksina xaridi bo`yicha muzokaralar o`tkazildi.

https://t.me/mtrkuzofficial/14946

https://t.me/mtrkuzofficial/14960

2020 yilning 21 oktyabr kuni Innovasion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O`zbekistonda tashkil etish masalasi bo`yicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o`tkazdi.

https://daryo.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi.../

https://xs.uz/uzkr/42541

https://uzpharmagency.uz/.../uzbekistonda-hitoj...

https://yuz.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi...

http://hudud24.uz/%D1%9Ezbekistonda-koronavirusga-%D2.../

https://t.me/mtrkuzofficial/21791

https://t.me/mtrkuzofficial/16298

Mutasaddilar tomonidan berilgan intervyular:

https://uznews.uz/uz/article/25995/

https://daryo.uz/.../ozbekistonda-xitoy-vaksinasi.../

https://daryo.uz/.../sinovda-oila-azolarim-ham.../

2020 yil 19 noyabr kuni Innovasion rivojlanish vazirligining Ilg`or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o`tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, plasebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan qabul qilindi.

https://xs.uz/.../ozbekistonda-khitoj-vaktsinasining...

https://uznews.uz/uz/article/26612/

2020 yil 10 dekabr kuni O`zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning uchinchi sinov bosqichiga start berildi.

https://teznews.uz/.../ozbekistonda-vakczinacziya...

https://www.gazeta.uz/uz/2020/12/10/vaccine/#!

https://kun.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi...

https://azon.uz/.../koronavirus-uzbekistonda-vakcinaning-uch

ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi tadqiqotlarining borishi haqida:

https://daryo.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi.../

https://t.me/mtrkuzofficial/32257

https://t.me/mtrkuzofficial/31508

https://t.me/mtrkuzofficial/35426

https://t.me/mtrkuzofficial/30376

https://t.me/mtrkuzofficial/30170

https://t.me/mtrkuzofficial/30084

https://t.me/mtrkuzofficial/28378

2021 yil fevralda Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O`zbekistonning hissasi va csa`y-harakatlarini inobatga olib, ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishilgani bildirildi.

https://t.me/mtrkuzofficial/34545

https://www.gazeta.uz/uz/2021/02/17/zf-vaccine/#!

https://yuz.uz/.../ozbekiston-xitoy-vaktsinasining...

1 mart kuni O`zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Ro`yxat raqami - DV/X 08646/03/21

https://kun.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi-ilk...

https://uza.uz/.../ozbekiston-koronavirusga-qarshi-ilk...

http://uzpharmagency.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga...

Shuningdek, O`zbek-Xitoy vaksinasi bo`yicha ma`lumotlarni https://t.me/vaksinauzb. telegram kanali orqali olishingiz hamda Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim etilgan maxsus dayjestdan (https://online.pubhtml5.com/fkya/hind/) tanishishingiz mumkin.

3. ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini yaratishda O`zbekiston olimlarining o`rni qanday?

ZF-UZ-VAC 2001 vaksinaning 3-bosqich sinovlarida innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi hamda Sog`liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti ilmiy jamoasi ishtirok etgan. Sinovlarga Innovasion rivojlanish vaziri, akademik, genetik-olim Ibrohim Abdurahmonov rahbarlik qilgan. Tadqiqot ishlarida Ilg`or texnologiyalar markazining qator olimlari – biologiya fanlari doktori, profesor Shahlo Turdiqulova, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullaev, biologiya fanlari nomzodi Dilbar Dolimova, ilmiy xodimlar Muzaffar Mo`minov, Abror Abdurahimov hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Erkin Musaboev rahbarligidagi tibbiyot xodimlari ishtirok etgan.

4. Plasebo nazoratli tadqiqotlar o`tkazildimi?

2020 yil 19 noyabr kuni Innovasion rivojlanish vazirligining Ilg`or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o`tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, plasebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan qabul qilindi. 2020 yil 10 dekabr kuni O`zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning uchinchi sinov bosqichi boshlandi va tadqiqot ishlari davom etmoqda. O`z navbatida hozirda jahonda mavjud barcha vaksinalarning 3-bosqich sinovlari davom etayotganini ma`lum qilamiz.

5. Vaksina koronavirusning qaysi shtammlariga qarshi ta`sir qiladi?

Cell Research (CR) xalqaro ilmiy jurnalida “SARS-CoV-2 virusi mavjud variantlarining inaktivlangan va RBD-subbirlik vaksinalariga gumoral immun javobi» (“Humoral immune response to circulating SARS-CoV-2 variants elicited by inactivated and RBD-subunit vaccines”) nomli maqola chop etildi. maqolada COVID-19 bilan kasallangan bemorlar, sog`lom insonlar va mazkur ikki vaksinalar bilan emlangan shaxslarning qonidan olingan plazmalarning samaradorligi «afrikancha» shtammga nisbatan  tekshirilgan. Inaktivlangan va rekombinant vaksina bilan emlanganlar va kasallikka chalingan shaxslarning plazmasi olinib, haqiqiy virus va psevdo virusni neytrallash (zararsizlantirish) in vitro testlari o`tkazilganda, rekombinant ZF-UZ-VAC2001 vaksinasida ushbu mutant variantni zararsizlantirish xususiyati nisbatan yuqori ekanini tasdiqlagan. Shuningdek, maqolada D614G mutant varianti (ushbu variant ayni damda butun dunyoda tarqalgan bo`lib, dominant variant hisoblanadi) nazorat sifatida olingan bo`lib, vaksinalarning ushbu variantni neytrallash ko`rsatkichi test variantlarinikidan ham balandroq ekanligini ko`rishingiz mumkin.

Tadqiqotlar ZF2001 vaksinasi Covid-19 virusining ayni vaqtda dunyoda tarqalgan afrikancha (501Y.V2) va britancha (D614G) variantlaridan himoya qila olishini tasdiqlamoqda. Hozirda olimlar Hindistondan tarqalgan delta-variant ustida ham tadqiqotlar olib bormoqdalar. Laboratoriya tekshiruvlari vaksinasiyalangan odam zardobi ham, hayvonlar zardobi ham delta variantga qarshi himoyalanganini namoyon etgan. Ayni paytda ma`lumotlar tasniflanmoqda va maqola yaqin kunlarda chop etilishi kutilmoqda.

6. O`zbekistondan tashqari qaysi davlatda mazkur vaksina bilan necha kishi emlandi?

ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan Xitoyda hozirda 100 million aholi emlangan.

7. Nima uchun O`zbekiston ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining hammuallifi hisoblanadi?

Xitoy Xalq Respublikasi hukumati va O`zbekiston Respublikasi hukumati o`rtasida ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo`yicha Kelishuv imzolangan bo`lib, hozirda O`zbekiston xitoylik olimlar bilan hamkorlikda 4 million dollar qiymatidagi qo`shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Koronavirus pandemiyasi e`lon qilinganidan so`ng 2020 yilning mart oyidan Innovasion rivojlanish vazirligi ochiqlamaslik sharti bilan Xitoy Fanlar akademiyasi va Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilayotgan rekombinant oqsil vaksinasi bo`yicha tadqiqotlarida ishtirok etdi. Shu bois ham mazkur vaksinaning 3-bosqich tadqiqotlari O`zbekistonda o`tkazish kelishuviga erishilgan edi. 3-bosqich klinik sinovlarining o`zi katta tadqiqot sanaladi. Bu tadqiqotlarda O`zbekiston tomonidan 100 dan ortiq olimlar va shifokorlar ishtirok etgan. Ushbu klinik sinov tadqiqotlari o`ta murakkab ilmiy jarayon bo`lib, unda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti talablariga to`liq rioya etish talab etiladi.

Shu bois ham Innovasion rivojlanish va Sog`liqni saqlash vazirliklarining ZF2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek klinik tadqiqotlarga qo`shgan hissasini inobatga olib, O`zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi sifatida tan olindi.

Quyidagi maqolada O`zbekistonning Xitoy tomonidan mazkur vaksinaga hammuallif sifatida tan olingani haqida yozilgan:

http://www.zflongkema.com/news/qyyw/2021-04-06/194.html

Vaksina hammuallifi sifatida tan olinish mamlakatimizga ko`plab yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Yurtdoshlarimizni koronavirusga qarshi emlash jahondagi vaksina ishlab chiqaruvchilar taklif etgan qiymatdan ancha arzonga tushmoqda. Mazkur vaksina xitoylik hamkorlar tomonidan O`zbekistonni hammuallif deb tan olgani bois ustuvor tarzda etkazib berilyapti va bunda O`zbekiston tomoni faqat ishlab chiqarish, qadoqlash va transportirovka xarajatlarini qoplayapti. Bundan tashqari, Xitoy Fanlar akademiyasi va Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical kompaniyasi bilan hozirda vaksinani birgalikda tijoratlashtirish bo`yicha kelishuvlarga erishildi. Ya`ni vaksinani xorijiy mamlakatlarga eksport qilishdan tushgan daromadning 30 foizi O`zbekistonga tegishli bo`ladi. Bu — pandemiya hali-hamon insoniyatni tahlikada tutib turgan bir paytda dunyoning ko`plab davlatlari havas qilgulik muvaffaqiyat",- deyiladi vazirlik Axborot xizmati taqdim etgan ma`lumotlarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1