AsosiyJamiyat
1063

O`zbekistonda rus tilini yaxshi biladigan 1200 kishi Slovakiyadagi avtomobil zavodida ishlashi mumkin

'O`zbekistonda rus tilini yaxshi biladigan 1200 kishi Slovakiyadagi avtomobil zavodida ishlashi mumkin'ning rasmi

O`zbekistonda rus tilini yaxshi biladigan 1200 kishi uchun Slovakiyadagi avtomobil zavodida ish taklif qilinmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar berdi.

Oylik maosh 900 evro, ish hajmiga qarab turli bonuslar beriladi, xodim tibbiy sug`urta qilinadi. Ish haftasiga 5 kunni tashkil etadi. Ishga 18 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan, rus tilini yaxshi biladigan erkaklar qabul qilinadi.

Ro`yxatdan o`tgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi.

Tanlovdan o`tgan, ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashg`ulotlarni o`taydi. Mashg`ulot to`lovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar