1

Pasportni muddatidan oldin olish yoki almashtirish mumkinmi?

Savol-javob 24.03.2016, 16:01
Pasportni muddatidan oldin olish yoki almashtirish mumkinmi?

Muddatidan  oldin pasport olish yoki almashtirish mumkinmi? Umuman, qonunchiligimizda fuqarolik pasportining berilish tartiblari qanday? 

Ramilya Sagatova, Angren shahri

Savolga O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi XChK va FRB boshlig`i Badriddin ShORIXSIEV javob beradi:

Quyidagi hollarda pasport rasmiylashtiriladi va beriladi:

•  Shaxs 16 yoshga to`lganda;
•  16 yoshga to`lmagan shaxs O`zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotganida;
•  Farzand xorijga tug`ilganida;
•  O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi olinganida;
•  Pasportning amal qilish muddati tugaganida;
•  Familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug`ilgan sanasi o`zgarganida;
•  Yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
•  Ro`yxatga olish, ro`yxatdan chiqarish, alohida ma`lumotlaryoki vizalar uchun mo`ljallangan betlar ishlatilib bo`linganida;
•  Pasport blankasi yaroqsiz holga kelganida;
•  Pasport yo`qotib qo`yilganida. 

Pasport egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug`ilgan sanasi o`zgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganida, fuqaro ma`lumotlarni yig`ish punkitiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. 

Agar fuqaro O`zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotganida pasportning amal qilish muddati bir yildan kamroq vaqni tashkil etsa, ushbu hujjat almashtirilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1