"Markaziy va Janubiy Osiyoning mintaqaviy aloqalarini qanday mustahkamlash mumkin? Bu masala yaqinda Toshkentda bo`lib o`tgan xalqaro konferensiyaning kun tartibidagi asosiy masala bo`ldi. Uning tashabbuskori O`zbekiston ikki milliard nafardan ziyod aholi yashaydigan mintaqa mamlakatlari o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga da`vat etmoqda"-deya xabar bermoqda EURONEWS .
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston muammolar va qarama-qarshiliklarga emas, balki savdo, transport, infratuzilma va turizm sohalaridagi rivojlanish loyihalariga e`tibor qaratishni taklif qilgan.
Konferensiyaga Markaziy va Janubiy Osiyo, Rossiya (Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi), AQSh, Evropa Ittifoqi delegasiyalari hamda biznes hamjamiyati vakillari tashrif buyurgan.
Evropa Ittifoqi vakili Jozef Borrel Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili:
«Bog`lanish haqida gapirganimizda- bu nafaqat beton va po`latdan, moddiy infratuzilmadan emas, balki raqamli inqilobdan , odamlar o`rtasidagi aloqalarni tashkil qilishdan iborat ekanligini anglashimiz zarur».
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mintaqani xalqaro investorlar uchun yanada jozibador qilishni muhokama qilishgan. Panel muhokamalaridan transport kommunikasiyalari, savdo, madaniyat masalalari ham o`rin olgan.
Konferensiyada yana bir yirik masala– Afg`oniston kelajagi masalasi ko`tarilgan. O`zbekiston Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev ushbu mamlakatni Markaziy va O`rta Osiyo o`rtasidagi «zamin ko`prigiga» aylantirish unga milliy kelishuvga erishishga yordam berishiga ishonch bildirgan.
O`zbekiston mintaqaviy hamkorlik va infratuzilma loyihalarini kengaytirish tarafdoridir. Bunday loyihalardan biri — Afg`onistonga elektr energiyasi etkazib beradigan Surxon — Puli-Xumri elektr uzatish liniyasining qurilishi sifatida ta`kidlangan. Energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev ayishicha, hozir O`zbekiston bozorning 40% qismini egallab turibdi, elektraloqa qurilishi tugallangandan so`ng ta`minot hajmi 2,5 barobar ortishi mumkin.
Transport yo`nalishlarini diversifikasiya qilish Markaziy Osiyo mamlakatlarining dengizga chiqmasdan hal etiladigan masalalar uchun muhim vazifalardan biridir.
Markaziy va Janubiy Osiyoni bog`lab, biz juda muhim vazifani hal qilamiz. Shunday qilib, qit`alararo mamlakatlar, masalan, O`zbekiston kabi, dengiz portlariga kirish imkoniyatiga ega bo`ladi va global ta`minot zanjiri va savdo tarmog`ining bir qismi harakatga kela boshlaydi.
-Kim Yong Te -Xalqaro transport forumining bosh kotibi
O`zbekiston yangi transport yo`laklarini barpo etib, yana bir global loyihani — Afg`oniston orqali Pokistonga temir yo`l qurishni boshladi. Janubiy va Markaziy Osiyoni birlashtirib, Mozori-Sharif—qobul—Peshovar yo`li afg`on iqtisodiyoti va butun mintaqa iqtisodiyoti uchun rag`bat bo`lib, o`rta Osiyo mamlakatlariga dengizga chiqish imkoniga ega bo`lmagan Pokiston dengiz portlariga, keyin esa Hindistonga to`g`ridan — to`g`ri yo`l ochadi. "Agar siz xaritaga qarasangiz, — deydi Eldor Aripov, - O`zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari dengiz aloqalariga eng qisqa yo`lni topishini ko`rasiz."
O`zbekistonlik tadbirkor Amrullo Saduloh yangi temir yo`lning paydo bo`lishi biznesga ajoyib istiqbollarni ochishini aytadi. U murakkab logistika tufayli u tez-tez mollarni import va eksport qilish orqali yo`qotishlarga duch keladi:
"Biz Pokistondan kartoshka olib kelganimizda, logistikada juda katta xarajat bo`ladi, shuning uchun mahsulot juda qimmat. Xudo xohlasa, bu yo`l biz uchun ochiladi.