Davlat rahbarini aeroportda vatandoshlarimiz gullar va davlat bayroqlari bilan qarshi oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ular bilan samimiy suhbatlashdi, ularning faoliyatidan xabardor bo‘ldi hamda kelgusidagi ishlariga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Tashrif doirasida Prezidentning AQSh rasmiylari, biznes vakillari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.






