Joriy yilning 24 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun loyihasi ikkinchi o`qishda muhokama qilindi.
Moddama-modda muhokama qilingan loyiha deputatlarning ko`pchilik ovozi bilan ma`qullandi va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga yuboriladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma`lum qildi.
Qonun loyihasidagi normalar bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to`g`risida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, o`zining, shuningdek yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanmoqda.