Holat bugun, 24 iyul kuni soat 12:28da Toshkent viloyatida sodir bo`lgan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Ohangaron tumani Markaziy qo`rg`on MFY hududidagi “Bioekohimoya” xususiy korxonasiga qarashli ochiq maydonda yong`in bo`layotgani haqida xabar kelib tushadi.
FVVning xabar berishicha, uni bartaraf etishga 4 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi, 32 nafar harbiy xizmatchi hamda ko`ngilli fuqarolar jalb etilgan. Birinchi bo`linma chaqirilgan manzilga soat 12:40da etib borib, yong`in 16:30 da qurshab olinib, soat 17:20 da to`liq bartaraf etildgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Yong`in davrida ochiq maydonda quruq o`t va shox-shabba yongan. Yong`inning taxminiy sababi ochiq olovdan foydalanishdagi ehtiyotsizlik deb hisoblanmoqda.
Hozirda ko`rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
19.12.2022, 12:28
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida "Spark" haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, 13 dekabr kuni soat...26.08.2022, 08:40
Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...22.12.2021, 10:59
Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga...11.10.2021, 12:16
Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida...