Davlat rahbari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi quruvchilari uchun yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirdi.
Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, korxona yaqinida 3 ming kishiga mo`ljallangan yotoq majmuasi barpo etilgan. Ishchilarning yashashi, dam olishi, sport bilan shug`ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Prezident bu erda yotoq o`rinlarini ko`paytirish, bunday ixcham, shinam majmualarni boshqa zavodlarda ham tashkil etish bo`yicha topshiriqlar bergan.