1

“Muhabbat tafti”: Shyamning rejasi qil ustida, Kxushi esa to`y tashvishi bilan band

SUG'DIYONA 26.03.2016, 15:25
Teglar: Kino
“Muhabbat tafti”: Shyamning rejasi qil ustida, Kxushi esa to`y tashvishi bilan band

Serialning asosiy  qahramonlari Arnav, Kxushi  va Shyam o`rtasidagi munosabatlar hademay echimini topadi. Qiziq, serial rejissyorlari uch inson taqdirini qanday hal etishmoqchi? Bu haqda birinchilardan bo`lib, biz tanishtiramiz. «Mening yurtim» kanalidagi sevimli serialingizning voqealar rivoji bilan tanishing. 

•  Kxushinni sahnaga chiqarib yuborishadi. Qizni noqulay vaziyatdan qutqarish uchun Nani, Arnavni yo`lga soladi. Ikkisining chiqishi tomoshabinlarga ma`qul keladi. Tanlovdan keyin ular yana tortishib qolishadi. 
•  Sahnada o`zini yo`qotib qo`ygan Payyal, Manoramadan dakki eshitadi. «Atay qildim, sovg`aga qo`yilgan pul bizdan ko`ra muxtojroq odamlarga kerak» deydi o`zini oqlab. Tobi qochgan Anjali, Kxushi va Shyamni dorixonaga yuboradi. 
•  Dorixonada Shyam o`zini qo`pol tutadi. To`y haqida gap boshlagan Kxushin, Arnavning javobidan xafa bo`ladi. Arnavning Anjeliga qilayotgan mehribonchiligi Kxushinni ranjitadi. 
•  Arnavni uxlayapti degan xayolda Kxushi Lakshmiga o`z rejasini so`zlab beradi. Anjali Arnavga Kxushinning ahvolini bayon qiladi. Anjalining gapiga ko`ra, Arnav sevib qolishdan qo`rqadi. 
•  Kechki ovqatga kechikkan Arnavni, Kxushi ovqat qoldirmay jazolaydi.  Sillasi qurigan Arnavni Anjali ovqatlantirib, Kxushinni aybdorga chiqaradi. O`zi esa tuni bilan Arnavning yonida qoladi. 
•  Shyam, Arnav jovonining kalitini o`marmoqchi bo`ladi. Uni ko`rib qolgan Kxushining jahli chiqadi. Shunday bo`lsada, Shyam kalit nusxasini qo`lga kiritadi. Ro`molchadagi Kxushining lab bo`yog`i izi va u foydalanadigan atir ifori Arnavning hamiyatiga tegadi. 
•  Arnav, Kxushi bilan ketishga rozi bo`ladi. Garima va Madxumati ularning kelishiga uyni yig`ishtira boshlashadi. Babbli olib chiqqan sovunda Shyam jovon kalitining nusxasini tushirib olgandi. Ular buni bilisharmikan?
•  Shyam Babblining qo`lidagi sovunni ko`rib, uni olib qo`yadi. Arnav yaroqsiz holga kelgan sovutgichni tuzatmoqchi bo`lib, Madxumatining do`stlariga halaqit beradi. Payyal, Babbli bilan do`stlashishni xohlaydi ammo Madxumati bunga qarshi chiqadi. 
•  Madxumatining do`stlariga yosh kelin-kuyolarni tanishtirishadi. Ular Arnav va Kxushiga baxt tilashadi. Arnav uyga yangi sovutgichni olib kelib, yaqinlarini ranjitadi. Sovutgichni ishga tushirganida esa qo`shnilarning uyida chiroq o`chadi. 
•  Shyam jovon kalitining nusxasi uchun hisob-kitob qilayotganini Arnavning otasi ko`rib qoladi. 
•  Arnav, Kxushini tergagani uchun o`zini aybdor his qiladi. U Kxushining moddiy tarafdan qiynalib qolganini bilib, qanday qilib yordam ko`rsatish mumkinligini o`ylaydi.  Kxushi, Garimaga ona deb murojaat qilishini aytadi. Bu Arnavga ma`qul kelmaydi. 
•  Madxumati, Kxushi va Pritika do`stligi haqida so`zlab beradi. To`y tashvishlari Arnavning jig`iga tegayapti. Shyam, Arnav o`ziga tegishli merosni Anjaliga qoldirayotganidan xabar topadi. Buyog`i u qanday yo`l tutadi?
•  Shyamning yuborgan takbriknomasini ko`rib qolgan Arnav qattiq g`azablanadi va undan uzoqroq yurishini tayinlaydi. Kxushi, Pritikaning oilasini haqoratlagani uchun kuyov tarafdan xafa ekanligini aytadi. Kxushi Garimega o`z hayoti haqida yolg`on so`zlaydi. Ularning suhbatini poylab turganlar bor.

Sharhlar

Ayni damda “Kinochilar uyi”da “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti boshlanish arafasida

22.12.2021, 17:56

Bugun, 22 dekabr kuni Kinochilar uyida O`zbekiston Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan an`anaviy “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti bo`lib o`tadi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri...
Fransiya: Endi kinolarga ham maxsus yo`llanma bilan kiritiladi

21.07.2021, 17:46

Fransiyadagi madaniy va ko`ngilochar joylar endi faqat raqamli vaksina olganlik haqidagi maxsus pasport egalari uchun  ochiqdir, bu Prezident Makron tomonidan mamlakatda universal emlashni ta`minlashga qaratilgan...
Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Tirik sayyora” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi

27.04.2021, 16:34

“Tirik sayyora” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan tasvirga olinmoqda. Poytaxtimizda qad ko`targan Adiblar xiyobonida haykallari o`rnatilgan shoir...
Yangi film — Anjelina Joli yovuz malika rolida (foto va video)

03.12.2020, 20:22

"Piter Pen va Alisiya mo``jizalar mamlakatida" (Qaytish) filmining suratga olish ishlari ikki yil oldin tugaganligiga qaramay namoyish etilmayotgan edi. Sababi shu vaqt ichida Brend Chepman...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1