Rossiyalik milliarder Mixail Guseriev o`g`li Saidning to`yiga jahonning eng mashhur xonandalarini taklif qilgani va bu to`y katta shov-shuvlar bilan o`tgani haqida xabar bergan edik.
Ingushetiyalik 20 yoshli Xadicha Ujaxovani Instagram ijtimoiy tarmog`idan topolmaysiz. Buning hojati ham yo`q, chunki Moskva stomatologiya institutining talabasi bo`lmish Xadicha va oligarx Mixail Guserievning o`g`li Saidning tillarda doston bo`lgan to`yini ularning do`stlari, yaqinlari ijtimoiy tarmoqda yoritib borishdi, deb xabar berdi “Tatler.ru” nashri.
Kelinni to`yga mashhur vizajist, Prive 7 go`zallik salonining egasi Irina Mitroshkina va soch bo`yicha stilist Anna Timofeevalar tayyorlashdi. Xadichaning tabiiy go`zalligi tufayli ortiqcha oro berilmadi, faqatgina Armani tonal kremi va soch uchun Oribe kosmetik vositasidan foydalanildi, xolos.
Endi estafetani moskvalik yulduzlarning qo`lidan britaniyaliklar qabul qilib olishadi. Ingush an`analariga ko`ra to`y haftalab davom etishi mumkin, endi ular to`yni Londonda davom ettirishni niyat qilishgan. Bu to`yda faqat ularning yaqin qarindoshlari va eng yaqin do`stlari ishtirok etishadi. Mish-mishlarga qaraganda, to`yda Elton Jon va Beyonslar kuylaydi.

Xadicha Ujaxova haqidagi qiziqarli faktlar:
Said Guseriev uchun mukammal go`zallik namunasi bo`lgan kelinni to`rt yil qidirishdi. Xadicha Ujaxova ularning talabiga javob bera oladigan — go`zal, bokira, sodda, kamtarin yagona nomzod bo`ldi.
Xadicha Ujaxova — bo`lajak stomatolog (qizning kontaktida shaxsiy surat o`rniga, darslikdan olingan mahalliy og`riqsizlantiruvchi davolash tartibining rasmlari qo`yilgan).

Xadicha Ujaxovaning ota-onasi haqida ma`lumotlar yo`q, ayni paytda ularning oddiy ingush oilasidan ekanligi haqida so`z yuritilmoqda.
Said Guserievga turmushga chiqqan Xadicha Rossiyaning eng badavlat xonadonlaridan birining oila a`zosiga aylandi (Forbes jurnalining 2015 yil yakuniga ko`ra, Guserievlar oilasi Rossiyaning eng boy xonadonlari reytingida etakchilikni qo`ldan bermay kelmoqda).






