2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov xabar qildi.
Unga ko`ra, tadbirda Ichki ishlar vaziri o`rinbosari Bekmurod Abdullaev quyidagilarni ma`lum qilgan:
"2021 yil 6 oyida 2017 yilning 6 oyiga nisbatan qariyb ikki baravar ko`p (8592/15321) jinoyatlar aniqlangan. Xususan, joriy yil 6 oyi yakuniga ko`ra, respublikaning 9251 ta mahalladan 4559 tasida (49,3 %) birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo`l qo`yilmadi. O`z navbatida, jami qayd etilgan 45 630 ta jinoyatning 15 881 tasi yoki 34,8 foizi avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo`yilgan. Shuningdek, 15 434 ta jinoyat (jami 45 630 tadan 33,8 %) xodimlarning tashabbusi bilan aniqlandi va shunday jinoyatlar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 71,4 foizga (9 004 tadan 15 434 taga) yaxshilandi.
Shu jumladan, xodimlarimiz tomonidan:
- 548 ta korrupsiyaviy, 99 ta odam savdosi va 322 ta kiberjinoyatlar fosh etildi, 368 kg narkotik vositalari, 55 dona o`qotar qurol va 212 dona o`q-dorilarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi;
- avvalgi yillardan ochilmasdan qolgan 3 833 ta jinoyat fosh etildi, qidiruvdagi 1 888 nafar shaxs ushlandi, bedarak yo`qolgan 263 nafar shaxs topildi".
27.01.2022, 00:20
Farg`onada boshqasiga naqd pul o`tkazib berishini aytib, uning kartasidan pul echib olgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB ma`lumot berdi. Xabarda aytilishicha, 2021 yilning 9-dekabr kuni...26.01.2022, 23:30
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida “Metan, gaz zapravka“da kuchli yong`in sodir bo`lmoqda” mazmunidagi video xabar tarqatildi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB ma`lumot berdi. "Ushbu xabar mutlaqo...15.01.2022, 10:22
Toshkent shahri. 2022 yil 08 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 34 yoshli X.J. Yashnobod tuman IIO FMB boshlig`i nomiga murojaat yo`llandi. Bu haqda...15.01.2022, 10:02
2022 yilning 11 yanvar kuni soat 05:30larda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani "Ko`ksoy" MFY hududidagi yo`lda Nexia va "KamAZ" ishtirokida YTH sodir bo`ladi. Bu haqda viloyat...