AsosiySiyosat

Biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirishimiz zarur— Prezident

'Biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirishimiz zarur— Prezident'ning rasmi

Davlat rahbari  biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirish keraklgini haqida alohida ta`kidladi:

Ma`lumki, so`nggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi. Ko`pchilikning esidan chiqqan bo`lishi mumkin, yaqingacha Pensiya, Maktab va Yo`l jamg`armalariga biznes uchun og`ir yuk bo`lgan 3,2 foizli yig`imlar to`lanar edi.   Ushbu yig`imlar korxonalarning foydasidan qat`iy nazar, oborotdan olinib, ularning miqdori korxonalarning kamida 20-25 foiz foydasiga teng bo`lgan. Byudjetdan tashqari jamg`armalarga mazkur yig`imlarni bekor qilish hisobiga, 7 mingga yaqin korxona har yili o`rtacha 6 trillion so`m soliq to`lashdan ozod bo`ldilar. Molk-mulk, daromad solig`i va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobarga kamaytirildi. Aniq misollar bilan gapiradigan bo`lsak, transport sohasida soliq yuki – 3 barobar, oziq-ovqat sanoatida – 2 barobar, to`qimachilik va elektrotexnika sanoatida esa, 20 foizgacha kamaydi.

Ayniqsa, pandemiya davrida xarajatlarimiz keskin oshganiga qaramay, qo`shilgan qiymat solig`i 20 foizdan 15 foizga tushirildi, ko`proq zarar ko`rgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va er soliqlari to`lovlaridan butkul voz kechildi. Bu esa, o`z navbatida tadbirkorlar ixtiyorida qolgan 2 trillion so`m mablag`ni biznes faoliyatiga sarflash imkonini berdi.  Lekin, soliq stavkalari va soliq ma`murchiligi bo`yicha tadbirkorlar tomonidan ko`tarilayotgan haqli savollar hali juda ko`p.

Birinchidan, o`tgan yili yangi Soliq kodeksi amalga kiritilganidan keyin, 23 ta maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari avvalgi imtiyozlarimiz saqlanib qoladimi yoki yo`qmi, deb bezovta bo`lmoqdalar. Bu borada bir fikrni aniq qilib aytmoqchiman: 2020 yil fevral oyida “Maxsus iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi qonun qabul qilingunga qadar iqtisodiy zonalarda ro`yxatdan o`tgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi. Shuningdek, ichki bozorda teng raqobat bo`lishi uchun eksport mahsulotlari ishlab chiqarishga olib kelingan xom ashyo import bojidan ozod etiladi. Lekin, bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz qo`shilgan qiymat solig`ining uzluksiz zanjirini yaratish bo`yicha katta islohotlarni olib borayapmiz. Shu bois, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qo`shilgan qiymat solig`ining ortiqcha qismini 7 kun ichida qaytarib berish tartibi joriy qilinadi. Ushbu tartib tadbirkorlarga bir yilda o`rtacha 350 milliard so`m qo`shilgan qiymat solig`ini qisqa muddatda qaytarib olish va aylanma mablag`larini ko`paytirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, chetdan olib kelingan tovarlar uchun qo`shilgan qiymat solig`ini 120 kun davomida bo`lib-bo`lib to`lashda tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar