AsosiySiyosat

Germaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi viza berishni to`xtatdi

'Germaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi viza berishni to`xtatdi'ning rasmi

Tashqi siyosatdagi maxsus vaziyat tufayli, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo`limi noma`lum vaqtga yopiladi. Bu haqda elchixona ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasida, ayniqsa, viza olish uchun tayinlangan uchrashuvlar ​​shu vaqtdan e`tiboran kuchga kirishi bilan bekor qilinadi.

Yangi vizaga yozilish vaqtlari haqida, hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida kerakli vaqtda xabar beriladi.

"So`rovnomalaringizni yubormasligingizni iltimos qilamiz.

Bu boradagi savollar hozircha javobsiz qoladi", - deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar