23 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.
Davlat rahbarlari O`zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko`rib chiqdilar.
Qo`shni Afg`onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan mintaqaviy hamkorlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi.
O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashning amaliy jihatlari yuzasidan faol idoralararo aloqalarni davom ettirish muhim ekanini ta`kidladilar.