2021 yilning 23 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Teri Hakalani qabul qildi.
O`zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitisiya, ta`lim va ilmiy tadqiqotlar sohalaridagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, bo`lajak turli darajadagi ikki tomonlama va mintaqalararo tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Afg`onistondagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi. T.Hakala O`zbekiston tomoniga Evropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolari va boshqa shaxslarni Afg`onistondan evakuasiya qilish jarayonida har tomonlama ko`rsatayogan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.