Siz sevib tomosha qilayotgan serial voqealari atrofida shov-shuvga arzirli yangiliklar ko`paymoqda. Shyamning asl niyati tez kunlarda fosh bo`ladi. Ammo Arnavning tushunarsiz harakatlariga qanday izoh bor? Kxushi-chi, u qanday yo`l tutadi? Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
• Arnav, Kxushini ranjitgani uchun o`zini aybdor biladi. Qattiq o`ylanganidan tushida ham Kxushining qo`lidan tutib turganini ko`radi. Kxushi esa Arnavning kundaligini topib oladi. Undagi o`zgarishlar sababini bilish uchun kundalikni varoqlashga tushadi.
• Lavane bilan telefon orqali suhbatlashayotgan Arnavning so`zlarini eshitib qolgan Kxushi, meni gumdon qilib, o`zi Lavanega uylanmoqchi degan xayolga boradi. Nahot shu rost bo`lsa?
• Arnav yirtilgan sumkasini ko`rib qoladi. Xolasi bu kalamushlarning ishi degach, undan kemiruvchilar uchun zahar keltirishni so`raydi. Ularni kuzatib turgan Kxushi esa zahar men uchun atalgan deb o`ylaydi. Shyam, Anjaliga ziyon etkazmoqchi bo`ladi. Ammo o`zi bilmagan holda uning hayotini saqlab qoladi.
• Kxushi o`z joniga qasd qilmoqchi. Uni bunga nima majbur qildi?
• Oilasi va Arnavga maktub qoldirib, Kxushi baland binoning yuqori qavatiga ko`tariladi. U o`zini pastga tashlamoqchi. Xatni o`qigan Arnav qizni qutqarib qoladi.
• Nihoyat Arnav sirni fosh etdi. Uning Kxushiga uylanishi, Anjalining nikohini saqlab qolish uchun qilingan ish edi.
• Arnav, Kxushi va Shyamning fotihasi allaqachon bekor bo`lganidan xabar topib, «bu sen o`ylab topgan navbatdagi bahona, ishonmayman» deydi. Shyam, olovga moy sepib, ikkisining munosabatlariga yanada sovuqchilik soladi. U Kxushindan hujjatlarga imzo chekishni talab qiladi.
• Kxushi hujjatlarga imzo qo`yishni istamaydi. Shyamning rejasini fosh qilgani uchun u o`zidan havotirda.
• Shyam nazarda tutgan hujjatlar imzolanadi. Kxushi, Anjalining onasi tavallud topgan kundan xabar topadi. Arnavning xonasida xujjatlarni tartibga keltirayotgan Shyamdan, Kxushi Arnav bilan uchrashishni so`raydi.
• Shyam, Kxushi yashirib qo`ygan haqiqiy hujjatlarni topib oladi. Anjali Payyalga idish-tovoqlar turadigan jovonni qulflab qo`yishni aytadi. Babbli jovon ichiga yashirinadi.
• Kxushi hujjatlar yo`qligini bilib, bu ishda Shyamdan gumonsiraydi. Nani, Kxushi va Payyalga Manoramaning akasi Chanduni tanishtiradi.
• Arnavning uyali telefonidan Kxushinga xabar keladi. Qizig`i, bu Arnavning nomasi emas, balki notanish kimsa tomonidan yo`llangan maktub. Nani xavotirga tushib qolgan Kxushinni tinchlantirishga urinadi. Kxushi va Babblining birgalikdagi suratini ko`rib qolgan Manorama o`sha kundan buyon shubhada. Kxushi Shyamning diplomatini topib oladi.
• Arnavning raqamidan kelgan noma Kxushini sarosimaga solib qo`yadi. Kxushi, taom olib kelgan Shyamning yoqasidan olib «Arnav qaerda?» deb dod soladi.





