O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovning nomzodi S`ezd delegatlarining ko`pchilik ovozi bilan tasdiqlandi. Bu haqda Milliy tiklanish demokratik partiyasi xabar berdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, fraksiya a`zosi Xurshid Do`stmuhammad nomzod va uning dasturi haqida fikrlarini bildirdi.
– Alisher Qodirov jamiyatimizdagi mavjud muammolarni faqat Prezident bo`lish uchungina emas, xalqimizning bir fidoyi farzandi sifatida e`tirof etmoqdalar hamda ularning echimlari yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar bildirmoqdalar. Nomzodimizni qo`llab-quvvatlab, oq fotiha beraylik, – dedi taniqli yozuvchi.