Avvalroq, Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ni tark etgani haqida xabar qilgandik. Klub rasmiylari bu qarorni futbolchining o`zi qabul qilgani xususda ma`lumot berib, uning qaysi jamoa bilan shartnoma tuzishi hali noma`lum ekanini aytgandi.
Bir necha daqiqa oldin «Manchester Yunayted» Ronalduning transferini tasdiqladi. Bu haqda klubning rasmiy Instagram sahifasida xabar qilindi:
Welcome, home Cristiano.
Uyingga xush kelibsan, Kristiano.
«MYu» «Yuventus»ga 25 mln evro to`laydi. Ronalduning yillik maoshi miqdori esa 25 mln funt bo`ladi.
Xabarlarga ko`ra, sportchi bilan 30 mln evrolik 2 yilga mo`ljallangan kontrakt tuzilgan.
Risolat MAXSIMOVA tayyorladi






