AsosiySport

Tokio-2020: Paralimpiya o`yinlarida yana bir bronza medali qo`lga kiritildi

'Tokio-2020: Paralimpiya o`yinlarida yana bir bronza medali qo`lga kiritildi'ning rasmi

Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlarining navbatdagi kuniga ham start berildi. Ushbu kun dasturida hamyurtimiz Elbek Sultonov kunning birinchi xushxabarini keltirdi.

Para-engil atletikaning F12 toifasida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Sultonov bronza medaliga sazovor bo`ldi. Uning dastlabki urinishda qayd etgan 15.94 metr natijasi yakunda shohsupaga ko`tarilishiga zamin yaratdi. Ta`kidlash joiz, bu Sultonov uchun yangi shaxsiy natija bo`ldi. G`oliblik jahon rekordini o`rnatgan ispaniyalik Kim Lopesga (17.04) nasib etgan bo`lsa, ukrainalik Roman Danilyuk (16.53) kumush medalga ega chiqdi.

Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlari.
Erkaklar, yadro uloqtirish F12 toifasi
1. Kim Lopes (Ispaniya) – 17.04
2. Roman Danilyuk (Ukraina) – 16.53
3. Elbek Sultonov (O`zbekiston) – 15.94

Shu tariqa, delegasiyamizning qo`lga kiritgan medallari soni 1 tadan oltin va kumush hamda 2 ta bronzani tashkil etmoqda.

Boshqa yangiliklar