O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga maktub yo`lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.
Unda davlatimiz rahbari Afg`onistonning Kobul shahri xalqaro aeroporti hududida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatida AQSh harbiy xizmatchilari qurbon bo`lgani munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor qilib, vafot etganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.






