Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlarining bugungi kun dasturida delegasiyamiz navbatdagi medaliga sazovor bo`ldi.
100 kg vazn toifasida para-dzyudochimiz Sharif Halilov bronza medali uchun kechgan kurashda braziliyalik Antonio da Silvadan ustun kelib, ikkinchi bor Paralimpiya o`yinlarining medaliga sazovor bo`lmoqda. Hamyurtimiz bundan avval London-2012 Paralimpiadasida kumush medalga ega chiqqan edi.
Shu tariqa, delegasiyamiz medallari soni 12 taga etmoqda. Jamoamiz hisobida barcha probadagi medallar 4 tadan bo`lib turibdi.






