AsosiyDunyo

Qozog`istondagi o`q – dorilar omborida yana portlash sodir bo`ldi

'Qozog`istondagi o`q – dorilar omborida yana portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Qozog`iston janubidagi Jambil viloyatida, ilgari o`q–dorilar omborida portlashlari sodir bo`lgan harbiy qismda, yakshanba kuni yana bir portlash sodir bo`ldi, deb xabar qildi respublika Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib INTERFAX.RU.

Mudofaa boshqarmasi bayonotida aytilisha, 26 avgust kuni yong`in sodir bo`lgan muhandislik o`q -dorilar ombori hududida 29 avgust kuni taxminan 12.20 da portlash ovozi eshitilgan.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa joyida odamlar bo`lmagan. Hozirda voqea sabablari o`rganilmoqda.

Ma`lumot o`rnida, 29 avgust Qozog`istonda milliy motam kuni deb e`lon qilingan edi.

Boshqa yangiliklar