AsosiyJamiyat

Yangi O'zbekistonning so'zi va ovozi

'Yangi O'zbekistonning so'zi va ovozi'ning rasmi

 Poytaxtda O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan nodavlat teleradiokanallar vakillari ishtirokida  “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media dasturi doirasida “Ozod yurt to`lqinlari”    media-festivali o`tkazilgani haqida xabar bergan edik. Tadbir O`zEOAVMA va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondining mablag`larini boshqarish bo`yicha parlament komissiyasi  tashabbusi bilan tashkil etildi.

Eng ulug`, eng aziz bayramimiz arafasida o`tgan ushbu festivalda O`zEOAVMAga a`zo ellikka yaqin nodavlat teleradio kompaniyalar xodimlari,  o`ndan ziyod veb-saytlar va blogerlar “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” dasturidan o`rin olgan 60 ta loyihani yoritish bo`yicha o`zlarining ijodiy ishlarini taqdim qilishdi, kelgusi vaziflarni o`zaro muhokama qilshdi. Haqiqatan ham festivalda media dastur qabul qilingan aprel oyidan shu kunga qadar 500 ga yaqin telereportaj, 10 dan ziyod hujjatli film, 1450 ta radio axborot, veb-saytlarda 215 ta turli xabarlar, salmoqli o`quvchilar soniga ega bo`lgan blogerlarning telegram kanallarida 185 tadan ziyod informasiyalar berilganligi ta`kidlandi. Bundan tashqari mamlakatimizning xalqaro miqyosda demokratik nufuzini oshirishda O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasining “Evro news”, “VVS”, “SNN”, “Rossiya-24”, “Amerika ovozi” singarixorijiy yirik   media resurslar bilan hamkorligini e`tirof etildi. Ushbu dunyo bo`yicha keng auditoriyaga ega ommaviy axborot vositalari O`zbekistonda bo`layotgan muhim siyosiy va ijtimoiy voqelarni keng yoritishmoqda. Misol uchun yaqinda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o`tkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari yuqoridagi xorijlik hamkorlar tomonidan jahonning o`nlab tillarida efirga uzatildi. 

Festivalning ochilish marosimada so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo`mitasi raisi, Parlament komissiyasi a`zosi B.Tojiev, O`zEOAVMA boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari, parlament komissiyasi a`zosi Z.Ibragimova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umumilliy harakati rahbari B.Bekmurodov, O`zbekiston Prezidenti Admistrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o`rinbosari G`.Bozorov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari E.Tulyakov, “Yangi O`zbekiston” gazetasi bosh muharriri S.Doniyorov, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi O.O`sarov va boshqalar amalga oshirilgan ishlarda O`zEOAVMA a`zo teleradio stansiyalari va assosiasiya bilan hamkorlikda ishlayotgan jurnalist va blogerlarning xizmatini alohida e`tirof etishdi. 

Festivalda O`zEOAVMA a`zo ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhiga “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni tantanali topshirildi va “Yangi O`zbekiston.Yangi nigoh” media dasturini yoritishda faol ishtirok etgan jurnalistlar va blogerlar umumiy qiymati 530 million so`mlik noutbuklar va boshqa sovg`alar bilan taqdirlandi. 

K.Ermatova, “Avto radio” bosh muharriri:

– “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media dasturini amalga oshirishda Assosiasiyamizga a`zo radiolar ham faol ishtirok etishmoqda. Biz mustaqil yurtimizning haqiqiy ozod ovoziga aylanib bormoqdamiz. Yaqinda bo`lib o`tgan konferensiyada radiolarga o`rtacha 120 mln. so`mdan grant berildi. Radiolar uchun reklama bozori biroz oqsayotgan hozirgi paytda bu juda katta yordam bo`ldi. Biz bunday yordamlarni birinchi marta olayotganimiz yo`q. Assosiasiyaning asosiy maqsadi milliy media maydonda nodavlat teleradiolar o`rnini mustahkamlashdan iborat. Bayrma arafasida yana sovg`alar oldik. Eng muhimi “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligi 30 yilligi” esdalik nishoni bilant taqdirlandik. Nodavlat OAV doimo qo`llab-quvvatlab kelayotganlari uchun hurmatli Prezidentimizdan minnatdormiz va o`z rahmatimizni aytamiz.

 

M.Paluanova, “Jaslar” TV bosh direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi:

- Ta`kidlash joizki ushbu festivaldan ko`zlangan maqsad milliy jurnalistikamizni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish, xususan nodavlat teleradiokanallarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, ushbu yo`nalishda xizmat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni qo`llab-quvvatlashdan iborat. 2 iyul kuni assosiasiya a`zolarining navbatdagi yig`ilishida teleradiokanallarga 1 milliard so`mlikdan ziyod zarur texnikalar, asbob-uskunalar topshirilgan edi. Bugun esa noutbuklar sovg`a qilindi. Endi jurnalistlarimiz ishxona yoki uyda bo`lishidan qat`iy nazar – bemalol ishlashlari mumkin. Bularning barchasi ishimiz samardorligini oshirishga xizmat qiladi, yangi loyihalarni yaratishga ko`mak beradi. Biz bunday sharoit uchun assosiasiya qatori barcha hamkor va homiy tashkilotlaridan xursandmiz. 

 

N.Asqarov, “Ruxsor” TV bosh direktori, Farg`ona viloyati:

 - Yangi O`zbekiston g`oyasini o`zida mujassam etgan media materiallar yaratish bugunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Biz o`z faoliyatimizda har doim Assosiasiyaning har tomonlama ko`magini his qilib turibmiz. 19 avgust kuni bo`lib o`tgan Konferensiyada O`zEOAVMAga a`zo barcha teleradio stansiyalariga va veb-saytlar hamda blogerlarga 9 mlrd. 700 mln. so`mdan ziyod grantlar berilgan edi. Birgina bizning kanalimizga 200 mln. so`m ajratildi. Bu juda salmoqli va samarli moddiy ko`mak bo`ldi. Biz bu mablag` hisobiga zarur texnikalar sotib olamiz, studiyalarimizni ta`mirlaymiz. Biz bunday qo`llab-quvvatlashdan minnatdormiz. Shu yil kasb bayramimizda Prezidentimiz Farmoni bilan ko`plab hamkasblarimiz, xususan o`zim davlat mukofotlari bilan taqdirlandik. Shu paytga qadar nodavlat teleradiolar xodimlari bu qadar keng ko`lamda qo`llab-quvvatlanmagan edi. Hurmatli Prezidentimizning bizga bo`lgan bunday katta e`tiborlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

D.Mamadalieva, “Nasaf” TV boshdirektori, Qashqadaryo viloyati: 

- 2021 yilning aprel oyida O`zEOAVMA tomonidan qabul qilingan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media dasturi   60 ta yirik loyihani jamlagan bo`lib, ular orasida Yangi O`zbekiston g`oyasini o`zida mujassam etgan, islohotlar mohiyatini ochib beruvchi, mamlakatimiz yangi qiyofasini xalqaro jamoatchilikka etkazadigan media mahsulotlar tayyorlash hamda nodavlat teleradiokanallarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, ularda faoliyat ko`rsayotgan ijodiy va texnik xodimlar malakasini oshirish singari masalalarga alohida o`rin ajratilgan. Biz bu vazifalarni amalga oshirishda Assosiasiya bilan qalin hamkorlikda ish olib bormoqdamiz. Mazkur media dastur doirasida shu yil hisobidan uchinchi marta moddiy va moliyaviy qo`llab-quvvatlash tadbiri amalga oshirildi. Mana bugun ham 104 nafar jurnalist va blogerlar taqdirlandi. Bugungi festivalda tilga olinganidek dastur doirasida hozirgacha 11 mlrd. so`mlik moliyaviy va moddiy ko`mak berildi. Biz bunday yordam uchun Assosiasiya va Parlament komissiyasiga rahmat aytamiz.

 

    Boshqa yangiliklar