Ko`ksaroy qarorgohida bir guruh yurtdoshlarimizga faxriy unvonlar, orden va medallar topshirilmoqda.
«Noyob ovozi, betakror ijro mahorati, o`zbek ayoliga xos go`zal fazilatlari bilan dunyoni maftun etib kelayotgan sevimli san`atkorimiz Munojotxonda o`zbek ayoli timsoli mujassam.
Har birimiz unda o`z onamiz, opamizni ko`ramiz. “San`atkorlarga qahramonlik bersak bo`larmikin, o`ylab ko`rish kerak” deganlar ham bo`ldi.
Ko`pchilik e`tiroflarni eshitib, guvoh bo`layapmizki, biz to`g`ri qaror qildik. Munojot Yo`lchievaga ham yuksak mukofot muborak bo`lsin», – davlatimiz rahbarining so`zlaridan iqtibos keltirmoqda O`zA