AsosiySiyosat

O`zbekistonning Afg`oniston bo`yicha vakili Italiya elchisi bilan uchrashdi

'O`zbekistonning Afg`oniston bo`yicha vakili Italiya elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yilning 30 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Italiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna bilan uchrashdi.

Afg`onistondagi mavjud vaziyat va xalqaro hamjamiyat, shuningdek, ikki mamlakatning Afg`oniston yo`nalishidagihamkorligini kengaytirish borasidagi sa`y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Elchi Afg`onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o`rnatishda O`zbekistonning muhim o`rin tutishini alohida ta`kidladi.

Italiyalik diplomat, inson huquqlari, shu jumladan, ayollar va etnik ozchilik huquqlarini ta`minlashga urg`u bergan holda Afg`onistonda inklyuziv hukumat tuzish muhimligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar