AsosiyJamiyat

Bayram kunlari uchun shifokor va hamshiralardan iborat navbatchi brigadalar tuziladi — SSV

'Bayram kunlari uchun shifokor va hamshiralardan iborat navbatchi brigadalar tuziladi — SSV'ning rasmi

Ma`lumki mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan  1-5 sentyabr kunlari dam olish kunlari deb e`lon qilindi. 

Mazkur jarayonda aholi salomatligini ta`minlash borasidagi hukumat topshiriqlari ijrosi yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi quyidagilarni ma`lum qildi:

"Xalqimiz bayramni xotirjam, osoyishta, tinchlik-totuvlikda o`tkazishini ta`minlash maqsadida bayram o`tkaziladigan joylarda malakali tibbiy xizmat ko`rsatish bo`yicha tunu kun navbatchilik tashkil etiladi",—deyiladi xabarda.

Unga ko`ra, xalq sayillari, bolalar ishtirokidagi bayram tadbirlari o`tkaziladigan va aholi gavjum joylarda tibbiy yordam xizmati tashkillashtiriladi.

Shuningdek, bayram kunlari barcha davolash muassasalarida, hududiy oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarda belgilangan tartibda bayram kunlari 08:00 dan 20:00 gacha faoliyat ko`rsatadigan shifokor va hamshiralardan iborat navbatchi brigadalar tuzilishi belgilangan.  

Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalari va “tez yordam” xizmati odatdagi tartibda bir maromda uzluksiz ishlaydi.

Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlarda 13 ta filiali, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tizimidagi barcha bo`limlari faoliyat ko`rsatadi. Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda emlash punktlari faoliyati bayram kunlari ham davom ettiriladi, deya ta`kidlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar