AsosiyJamiyat

Bugun, 2 sentyabr, O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovni xotirlash kuni

'Bugun, 2 sentyabr, O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovni xotirlash kuni'ning rasmi

Islom Abdug`anievich Karimov – O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti. U 1938 yil tavallud topgan. O`zbek xalqining ulug` farzandi, mustaqil O`zbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989 yildan 2016 yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat etakchisi.

Islom Karimov 1991 yil 31 avgustda O`zbekiston mustaqilligini e`lon qilgan. 1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o`tkazilgan umumxalq saylovida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan.  

U xalq dardiga quloq tutdi, tinchlik va osoyishtalikni ta`minladi, ko`p millionli xalqni Vatan taraqqiyoti yo`lida birlashtirib, islohotlarga safarbar etdi.  

Birinchi Prezident Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni og`ir xastalikdan so`ng 78 yoshida vafot etdi.

Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2017 yil 31 avgust kuni Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida uning birinchi haykali tantanali ochilgan.

Shuningdek, Birinchi Prezident haykallari Samarqandda (2017 yil 2 sentyabr), Qarshida (2018 yil 30 yanvar) hamda Moskvada (2018 yil 18 oktyabr) ochilgan.

Bundan tashqari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroportiga, Farg`onadagi san`at saroyi, Asakadagi avtomobil zavodiga hamda bir qator ko`chalarga Islom Karimov nomi berilgan.  

Bugun birinchi Prezidentimiz vafot etganiga 5 yil bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar