AsosiyJamiyat

Tokio-2020 qahramonlari “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi

'Tokio-2020 qahramonlari “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari qahramonlari yurtimizga qaytib kelishgach hurmatli Prezidentimiz tomonidan yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

 Bugun ular Eng ulug`, eng aziz bayramimiz munosabati bilan “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi.  

 Tadbir MOQda bo`lib o`tdi. Unda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi Qo`mita rahbariyati, sportchilarimiz va ularning murabbiylari, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sport faxriylari ham ishtirok etishdi.

Tadbirni MOQ rahbari ochib berdi va atletlarimizning Olimpiya o`yinlarida qayd etgan g`alabalarini yana bir bor yodga olib, barchani Mustaqillik bayrami bilan qutlab o`tdi. Shundan so`ng Qo`mita rahbariyati, sportchi va murabbiylarga esdalik nishonlarini berildi. Unga ko`ra,

MOQ raisi o`rinbosari, O`zbekiston dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov;

Boks bo`yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov va uning murabbiyi To`lqin Qilichev;

Og`ir atletika bo`yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni va rekordchisi Akbar Jo`raev va uning murabbiyi Farhod Umrzoqov;

Taekvondo WT bo`yicha Tokio-2020 chempioni Ulug`bek Rashitov va uning murabbiyi Pavel Xan;

Erkin kurash bo`yicha Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Bekzod Abdurahmonov va uning murabbiyi Muzaffar Abdurahmonov;

Dzyudo bo`yicha Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Davlat Bobonov va uning murabbiyi Nurali Qobulovga “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi.

Tadbir yakunida Bahodir Maxsitov ham so`z olib, sport hukumatimiz tomonidan doimo e`tibor markazida bo`lib kelayotgani, sportchi va murabbiylarimizni har tomonlama qo`llab-quvvatlash bo`yicha olib borilayotgan ishlar xususida gapirib, taqdirlanganlarni faxriylar kengashi nomidan qutlab o`tdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar